1

«Universal» pirog - hammaga har doim yoqadi!

SUG'DIYONA 16.01.2017, 15:28
Teglar: Taom, SUGDIYONA
«Universal» pirog - hammaga har doim yoqadi!

Zarur masalliqlar: xamiriga: 400 gr. un, 200 ml. tomat sharbati, 100 ml. o`simlik yog`i, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; qiymasiga: 150 grammdan qo`y va mol go`shti qiymasi, 250 gr. qovoq, 2 bosh piyoz, 1 dona kartoshka, yarim choy qoshiq zira, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Qovoq, kartoshka va piyozni maydalab to`rtburchak shaklda to`g`rang. Go`sht qiymasi bilan aralashtirib, tuz va zira seping.

2. Tomat sharbati, o`simlik yog`i, tuzni aralashtirib, un va xamiryumshatgichni qo`shing. Yumshoq xamir qorib, sellofanga o`rang-da, to qiyma tayyorlanguncha muzlatkichga qo`ying.

3. Xamirni teng ikki qismga bo`lib, qolipingizga mo`ljallab yoying. Pishiriq qog`ozi solingan qolipga birinchi bo`lak xamirni joylab, ustidan qiymani soling.

4. Ikkinchi xamirni yupqaroq yoyib, pirog yuzini yoping. Chetlaridagi ortiqcha xamir bo`laklarini oling-da, tugib chiqing. Qolgan xamir bilan pirog yuzini bezating. 180-190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45 daqiqaga qo`ying. Pishgach, yuziga suv sepib, sochiq yopib, 15 daqiqa tin oldiring. Keyin bo`laklarga bo`lib dasturxonga tortish mumkin.

5 kishilik

1 soatu 30 daqiqa

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1