Buyrak jomchalarining shamollashini tibbiy tilda pielonefrit deyiladi. Bu kasallikka chalingan bolalarning taomi darmondoridek ta`sirga ega bo`lishi kerak. Bugun bolalarda uchraydigan pielonefrit va unga qarshi chora-tadbirlar haqida gaplashamiz.
Kasallik paydo bo`lish sabablari
Buyrakda filtrlangan peshob jomchalarga quyilib, undan peshob yo`llari orqali qovuqda yig`iladi. Shu jarayonda qonga qaysidir yo`l bilan (tish kariesi, bodomcha bezlarining yallig`lanishi, teridagi yiringli yaralar orqali) infeksiya tushgan bo`lsa, u jomchaga ham etib keladi. Bu kasallik vujudga kelishining pastlovchi ko`rinishi bo`lsa, yuqorilovchi yuqish yo`li bu sistit vaqtida yallig`langan qovuqdan zararlanishdir. Shuning uchun ham bolaning sovuq qotishiga yo`l qo`ymang. Agar uning peshob tutolmaslik odati bo`lsa, darrov nevrologga ko`rsating. Aslo ho`l ishtonchasida uzoq qoldirmang.
Belgilari
Pielonefrit oylab o`zini bildirmaydi, ammo kichkintoy organizmini majruhlaydi. Afsuski, kasallik belgilari paydo bo`lgan paytda u surunkali shaklga o`tgan bo`ladi. Shuning uchun ota-ona bolasiga nihoyatda e`tiborli bo`lishi kerak. Pielonefrit boshlanganda, bolalar o`z oldiga qo`yilgan vazifalarning(dars tayyorlash, o`zini tutish) uddasidan chiqolmay qolishadi. Chunki organizm o`z-o`zini zaharlay boshlaydi. Shuningdek, o`tkir pielonefritda bolada tez-tez hojatga chiqish, belda ezuvchi og`riq turishi, harorat ko`tarilishi (37,1-37,3°S) kuzatilishi mumkin.
Tashxis qanday qo`yiladi?
Pielonefrit peshobning umumiy klinik tahlilida aniqlanadi. Farzandingizni undan himoyalamoqchi bo`lsangiz, yiliga 1-2 marta shu tekshiruvdan o`tkazib turing. Mabodo kasallik tasdiqlansa, bolaga bir kurs antibiotiklar shifoxonada yotib davolanish rejimi asosida buyuriladi. Faqat shu holatda buyrak etarlicha qon bilan ta`minlanadi, demak, dori-darmon ham shuncha yaxshi singadi. Bundan tashqari, kichkintoyga klyukva sharbati va gazsiz mineral suv berish kerak. Ko`p suyuqlik jomchalarni yuvib o`tadi. Beliga esa junli sharf o`rang. Issiq tutish sog`ayishni kuchaytiradi.
Beshinchi stol
Pielonefritga chalingan bolaga beshinchi stol parhezi tayinlanadi. Bunda ba`zi cheklovlar bor.
Mumkin emas:
Mumkin:
Buyrak uchun choy
Ortosifon o`simligini xalqona qilib buyrak choyi deb atashadi. Yallig`lanishga qarshi va peshob haydovchi xususiyatga ega boshqa o`tlardan ham buyrak uchun foydali damlamalar tayyorlash mumkin.
Bakteriyalarga qarshi va immunitetni kuchaytiruvchi qariqiz (lopux)ni dori o`rnida ishlatsa bo`ladi. Buning uchun 1 osh qoshiq qariqiz ildizini maydalab, 2 stakan qaynagan suvda ikki soat davomida damlang. Ovqatdan keyin 2-4 osh qoshiqdan kuniga 4 marta ichirish kerak.
Tuyilgan qariqiz ildizini qahvaga o`xshab (1 stakan suvga 1 choy qoshiq) damlash ham mumkin. Mazasi yoqimli bo`lgani uchun ham bola kuniga 1-2 marta ichishdan bosh tortmaydi.
Pielonefritga uchragan bolalarga ovqatlarni dimlab, qaynatib yo bug`da pishirib berish lozim.
Dilnoza UMAROVA
06.08.2021, 17:47
CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...26.12.2017, 13:12
— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...26.12.2017, 13:08
— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...26.12.2017, 11:36
Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...