1

«Qish ifori» torti - sovuq kunlarda ko`ngil muzqaymoq tusasa...

SUG'DIYONA 16.01.2017, 16:19
Teglar: Taom, SUGDIYONA
«Qish ifori» torti - sovuq kunlarda ko`ngil muzqaymoq tusasa...

Zarur masalliqlar: korj uchun: 450 gr. uvalanadigan pechene, 200 grammdan sariyog` va qora shokolad, 7 osh qoshiq qaymoq; tvorogli aralashma uchun: 500 grammdan tvorog va smetana, 100 gr. istalgan yong`oq mag`zi, 70 ml. qaymoq, 15 gr. jelatin, 1 gr. vanilin.

Tayyorlanishi: 1. Pechenelarni yaxshilab ezing. Xona haroratida yumshatilgan sariyog` qo`shing. Yaxshilab aralashtirgach, aylana shakldagi chuqurroq qolipga pishiriq qog`ozi joylab, ustiga aralashmani soling.

2. Shokoladni maydalab, qaymoq qo`shing-da, suv bug`iga tutib aralashtiring. So`ngra pecheneli korj ustiga solib, yuzasini tekislang. Va muzlatkichga qo`ying.

3. Tvorogli aralashma uchun qaymoqqa jelatinni qo`shib, 30 daqiqagacha bo`ktirib qo`ying. Keyin jelatin eriguncha olovga qo`ying. Faqat qaynab ketmasin.

4. Tvorogni shakar bilan yaxshilab aralashtiring. Smetana qo`shib ko`pirtiring. Jelatinli qaymoq va vanilinni ham soling. Keyin tortning ustiga solib, maydalab qovurilgan yong`oq mag`zini seping. Va muzlatkichga qo`ying.

4 soat

6 kishilik

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1