AsosiyDunyo
6935

Uch yoshli bola onasini yoqib yubordi

Rossiyaning Novorossiysk shahrida 3 yoshli bola olov bilan o`ynashib, uyga o`t qo`yib yubordi, oqibatda onasi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Voqea Novorossiysk shahrining Vostochniy tumanida sodir bo`ldi. Taxminlarga ko`ra, 3 yoshli bola onasi uxlab yotganda, olov bilan o`ynashgan. Bolani olov qa`ridan o`gay otasi olib chiqqan, onasini esa qutqarishning iloji bo`lmagan.

Hozirda voqeaga oydinlik kiritilmoqda. Yong`in oqibatida erkak ham kuyish jarohatini olgan, bolaga esa hech narsa qilmagan.

Boshqa yangiliklar