AsosiyDunyo
17237

​Asrimizning eng qimmat to`yi (Video)

'​Asrimizning eng qimmat to`yi (Video)'ning rasmi

Bruneyning bo`lajak sultoni, shahzoda Abdulla Malik va 22 yoshli Raabiatul Adaviya Pengiran Hoji Bolkiaxning nikoh to`yi shu paytgacha bo`lgan barcha serhasham va dabdabali to`ylarni ortda qoldirdi, deb xabar berdi “Womoninred.ru” nashri.

Bruney shahzodasi va kelinning nikoh liboslariga haqiqiy oltindan ishlov berildi, kelinning qo`lidagi guldasta esa qimmatbaho toshlardan yasaldi.

Shahzoda Abdulla Malik mamlakatni boshqarayotgan sulton Hasanali Bolkiaxning to`rt o`g`lidan biri bo`lib, otasidan keyingi taxt vorisi hisoblanadi. To`y unashtiruv marosimidan 11 kun o`tgandan keyin nishonlandi.

Kelinning poyafzali Kristian Labutenga tegishli bo`lib, javohir va oltin bilan bezak berildi. Kelinning barcha taqinchoqlari va toji qimmatbaho toshlar, zumradlardan yasalgan.

Tantanali nikoh marosimi Bruney poytaxti Bandar-Seri-Begavandagi sulton saroyida bo`lib o`tdi. Istana Nurul Imam Palace deb ataluvchi sultonning qarorgohi 1788 xonadan iboratdir.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar