AsosiyDunyo

​Rossiyada yangi banknotalar muomalaga chiqariladi

'​Rossiyada yangi banknotalar muomalaga chiqariladi'ning rasmi

Joriy yilning oxirida Rossiyada yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi. Bu haqda RF Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi. Yangi kupyuralar 200 va 2000 nominaliga ega bo`ladi.

“200 rubllik banknotada Sevastopol aks etadi. 2000 rubllik qog`oz pulda Uzoq Sharqning mashhur joylari — Vladivostok ko`prigi va Amur viloyatidagi Sharqiy kosmodrom surati bo`ladi”, — deyiladi xabarda.

Banknotalar dizayni bo`yicha yakuniy qaror Butunrossiya tanlovi natijasida qabul qilingan. Tanlov o`tgan yilning iyun-oktyabr oylarida bo`lib o`tgan edi. Unda 5 mingdan ortiq da`vogarlar qatnashgan. 3 milliondan ortiq kishi ishtirok etgan ovoz berish jarayonida Uzoq Sharq va Sevastopol timsollari tanlandi.

Markaziy bank raisi Elvira Nabiullinaning fikricha, yangi pullar fuqarolarning mahsulotlar va xizmatlar uchun haq to`lashini engillashtiradi.

Rossiya banki, so`nggi marotaba, 2009 yilda 10 rubllik tangalarni muomalaga chiqargandi.

Boshqa yangiliklar