O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 1 fevral kuni Amerika – O`zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlab, AQSh etakchi kompaniyalari vakillari delegasiyasining tashrifi va hamkorlikda biznes-forum o`tkazilgani tomonlarning O`zbekiston bilan Amerika Qo`shma Shtatlari o`rtasida o`zaro foydali savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligi va intilishi ortib borayotganidan dalolat berishini ta`kidladi.
Yigirma yildan ko`proq vaqt avval tashkil etilgan Amerika – O`zbekiston savdo palatasi bugun iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo`shma dastur hamda loyihalarni qo`llab-quvvatlash va amalga oshirishning muhim mexanizmiga, ikki davlat ishbilarmon doiralari o`rtasida ishonchli ko`prikka aylandi.
Ayni paytda AQShning «Boeing», «General Motors», «General Electric», «CNH Industrial», «Hyatt», «Hilton» va boshqa ko`plab jahonga mashhur kompaniyalari mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
O`tgan yili ushbu kompaniyalar bilan ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan qo`shma loyihalar samarasida o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 70 foizga oshdi va 454 million dollarga etdi.
Mamlakatimizda Amerika Qo`shma Shtatlari kapitali ishtirokida tashkil etilgan 164 korxona faoliyat ko`rsatmoqda. O`zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan AQSh investisiyalari hajmi 1 milliard dollardan oshdi.
Davlatimiz rahbari va Amerika – O`zbekiston savdo palatasi raisi o`rtasida bo`lib o`tgan muzokarada savdo-iqtisodiy, investisiya, texnologiya, innovasiya va ta`lim sohalarida uzoq muddatli hamda keng ko`lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida fikr almashildi.
Iqtisodiyotning agrosanoat kompleksi, elektrotexnika, farmasevtika va boshqa tarmoqlarida AQShning etakchi tashkilot va kompaniyalari tajribasi, to`g`ridan-to`g`ri investisiyalari va zamonaviy texnologik yutuqlari asosida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar muhokama etildi.
Xalqaro standartlarga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasida izchil hamkorlikni yo`lga qo`yish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.
O`zaro munosabatlarni, avvalo, iqtisodiyot sohasida mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish masalasi ham ko`rib chiqildi.
Amerika – O`zbekiston savdo palatasi raisi davlatimiz rahbariga samimiy qabul va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o`rtasida sheriklik munosabatlarini qo`llab-quvvatlayotgani, shuningdek, O`zbekiston bozorida AQSh kompaniyalari ishtirokini kengaytirish uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.
Kerolin Lemm Amerika – O`zbekiston savdo palatasining barcha vakillari O`zbekiston bilan hamkorlikda qo`shma dastur va loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanini tasdiqladi.
24.01.2023, 10:47
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...18.01.2023, 11:45
Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...27.12.2022, 10:08
AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...03.12.2022, 12:40
AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...