1

​Qaldirg`och kelmasdan quloq teshishga ulguring

SUG'DIYONA 02.02.2017, 11:40
Teglar: Go`zallik, Qiz
​Qaldirg`och kelmasdan quloq teshishga ulguring

Oilada qizaloq dunyoga kelsa, buvijonlaru buvajonlar darhol tillo zirak xarid qilish harakatiga tushishadi. Bu zargarlik buyumi azaldan ayolning ko`rki hisoblangan. Lekin onalarni «Quloqni qachon teshtirgan afzal, zamonaviy va og`riqsiz usullar bormi, amaliyotdan keyin qanday parvarish lozim?» kabi holatlar tashvishga soladi. Aynan shu savollarga kosmetolog-shifokor Mahbuba MAMANOVA javob beradi.

Necha yoshda tavsiya etiladi?

Tibbiyotda bu amaliyotni o`tkazish uchun yosh cheklovlari yo`q. Biroq ko`pgina mutaxassislar qizaloq olti oylik bo`lguniga qadar quloqchalarini teshtirmaslikni tavsiya qilishadi. Aynan shu davrda go`dak qulog`idagi tog`aylar rivojlanayotgan bo`ladi-da. Yaxshisi, amaliyotni qizaloq esini tanib, zirak taqishni xohlaganida, buning uchun quloqni teshtirish kerakligini tushunganida o`tkazgan afzal. Masalan, 4-5 yoshda. Ustiga ustak, kichkintoy yangi buyumga o`rgana olmay qiynalishi, zirak liboslari, bosh kiyimga ilinib qolib quloqchasining yirtilishiga sabab bo`lishi mumkin. Yirtilgach esa chandiq bo`lib bitadi. Ba`zida quloq teshiklari kattalashib qolgan ayollarni uchratamiz. Buning asosiy sababi ham teshik hali yangiligida torilganidir.

Bahorni kutish shartmi?

Shart emas albatta, biroq azal-azaldan momolarimiz qaldirg`och kelguniga qadar quloqni teshtirish kerak, deya ta`kidlab kelishgan. Qari bilganni pari bilmas» deganlariday, bu gapda ham jon bor. Chunki qishda sovuq harorat tufayli jajji malika quloqlarini gazak oldirib, yiringlatib qo`yishi mumkin. Yozda esa chang va issiq harorat tufayli quloqning bitishi qiyinlashadi. Aynan shuning uchun ham erta bahor va kech kuz pallasi quloq teshtirish uchun eng qulay fursat hisoblanadi.

Zamonaviy va beziyon usullar ham bor

Agar avvallari quloqni tikuv mashinasining ignasi yordamida teshib, moylangan ip o`tkazib qo`yilgan bo`lsa, bugungi kunda maxsus «to`pponcha»lardan foydalanilmoqda. Bu usul birinchidan bola uchun qiziq, igna kabi qurquv va tahlika uyg`otmaydi. Qolaversa «to`pponcha»larning maxsus sirg`alari bo`lib, ular jarrohlikda qo`llaniladigan metalldan yasalgan va allergiya chaqirmaydi. Shuningdek havo va chang o`tkazmaydigan, sterill idishlarda qadoqlangan. Mutaxassis idishni ko`z o`ngingizda ochadi. Yana bir qulayligi – qizaloq o`ziga yoqqan zirakni tanlash imkoniyatiga ega.


Albatta parvarishlang

Mana quloqchalarni teshtirdingiz, endi eng asosiy vazifangiz yara va yiring paydo bo`lishining oldini olishdir. Buning uchun quyidagi tavsiyalarga rioya etish lozim:

1. Roppa rosa to`rt hafta davomida (teshik butunlay bitgunicha) maxsus zirkalarni qizaloq quloqlaridan echmaslik kerak.

2. Amaliyotdan keyingi 2-3 kun davomida boshni yuvish mumkin emas.

3. Har kuni 3-4 mahal teshik atrofini antiseptik vosita bilan (furaselin eritmasi yoki vodorod peroksidini suv bilan aralashtirib) artish, zirakni biroz bo`shatib, qimirlatib qo`yish darkor;

4. Maxsus sirg`alarni birinchi marta echish biroz qiyinchilik tug`dirishi mumkin. Ular mustahkam o`rnatilgani bois ehtiyotkorlik bilan ushlab, orqa qismidagi ilgagini asta-sekin tortish lozim. Jarayon davomida zinhor shoshqaloqlik qilmang.

Maftuna tayyorladi.

Sharhlar

"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Toshkentda qiz sevgilisini pichoqladi, omon qolgan yigit hali ham unga o`ylanish niyatida (video)

16.12.2019, 11:35

Toshkentdayigit va qiz o`rtasida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz sevgilini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qolgan. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida...
Kosonda joniga qasd qilgan o`quvchi qizning sumkasidan xayrlashuv maktubi chiqqanmidi?

14.12.2019, 20:26

Koson tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi N.B. 4 dekabr, chorshanba kuni o`z joniga qasd qilish holatlari bilan vafot etgani haqida xabar bergan edik....
ShOKOLADLI NIQOB

25.12.2017, 11:33

Shokoladni maydalang, 5 osh qoshiq shokoladga, yarim stakan asal qo`shib, 4 osh qoshiq tuz soling. Uqalovchi harakatlar bilan bu niqobni teringizga pastdan yuqoriga qarata surtib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1