AsosiySUG'DIYONA
4601

​Vaynona Rayderning 11 haqiqati

'​Vaynona Rayderning 11 haqiqati 'ning rasmi

Amerikalik aktrisa, ikki karra «Oskar» mukofoti sovrindori, «Oltin Globus» laureate Vaynona Rayder 1971 yili AQShda dunyoga kelgan.

1. «Mening hayotim hech qachon jurnalistlar yozganidek qiziq bo`lmagan».

2. «Yuqori sinflarda Bondning sevgilisiga o`xshab kiyinishni yaxshi ko`rardim».

3. «Jurnalistlarni ko`rgani ko`zim yo`q. Ular faqat ikki ishga qodir: sen haqingda ochiqchasiga bo`xton o`ylab topishadi yoki hammadan sir saqlamoqchi bo`lganlaringni oshkor qilishadi».

4. «Kino yulduzi bo`lish qiyin. Chunki insonlarga sening muammolaring ularning muammosi bilan solishtirganda yo`qdek, oddiydek ko`rinadi».

5. «Bir kuni dugonalarim bilan kafeda o`tirganimizda ulardan biri «Amerikada sen o`zing haqingda hech narsa bilmaydigan yigitni uchratishing amri mahol» deb gurung qildilar”.

6. «Men juda ko`p o`ylayman, kelajagimni, o`tmishni... Har tomonlama o`ylayman. Agar dunyoda nimadir kashf qilinsa, men u haqda ham o`ylab bo`lgan bo`laman».

7. “Jonni Dep mening birinchi muhabbatim, birinchi do`stim. Menga uning yuragimda butun umrga qolishining o`zi kifoya».

8. «Ajinlar, albatta meni chetlab o`tmagan. Peshonamda yo`llar xaritasi allaqachon paydo bo`lgan».

9. «Al Pachinoni yaxshi ko`raman. Biz ikkimiz ham uyqusizlikdan aziyat chekamiz, shuning uchun kechasi 2 da qo`ng`iroqlashib, tonggacha gap sotamiz».

10. «Men yashayotgan tumanga xuddi butun dunyodagi modellar ko`chib kelganga o`xshaydi. Ko`chamizda sayr qilib yurganimda o`zimni mitta ayolday his qilaman».

11. «Doimo modaga qarshi boraman. Agar qalamcha yubka kiyish urf bo`lsa, men aksini qilib, keng yubka sotib olaman. Shuningdek o`zim yoqtirgan filmlardagi kiyimlarni kolleksiya qilaman».

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar