1

​Har burjning eng-englari

SUG'DIYONA 06.02.2017, 12:28
Teglar: Ayol, Erkak
​Har burjning eng-englari

ENG EHTIROSLI – HAMAL

Mazkur burjda tug`ilganlar faol, yoqimtoy va ehtirosli bo`lishadi. Jozibalari bilan juftlarini maftun etishlari ayni haqiqat. Ular o`zgalar e`tiborini tarovatlari va ichki tuyg`ulari bilan jalb qilishga ustalar.

ENG SAHIY – SAVR

«Savr»lar ziddiyatlarni yoqtirishmaydi. Suhbatlashganda muloyimlik bilan so`zlashish va uddaburonlik bilan javob berish ular uchun xos sifatdir. Ular beminnat yordam ko`rsatadilar, evaziga hech narsa talab qilishmaydi. Yuraklari juda keng.

ENG OMADLI – JAVZO

Eng omadli burj vakillari aynan «javzo»lar. Ular boshqa burj vakilariga qaraganda kerak joyda va kerakli vaqtda paydo bo`lishni biladilar. Tabiatdan juda optimist bo`lganliklari esa omad kalitidir. Qanday ishga qo`l urishmasin hamisha ko`tarinki kayfiyat va omadga erishish payida bo`lishadi.

ENG OILAPARVAR –SARATON

Ushbu burj vakillari uchun oila birinchi o`rinda turadi. Ular o`zlariga mos umr yo`ldosh topishga oshiqadilar. Qo`rg`onlarini hamisha himoya qilishadi. Farzandlari uchun g`amxo`rliklarini aytmaysizmi. Bu burj vakillari uchun jiddiy aloqalar va nikoh eng maqbul variant.

FAQAT «MEN» DEGUVChI – ARSLON

Bag`irikenglik va do`stlariga yordam qo`lini cho`zishlari bekorga emas. Har bir boshlagan ishida o`z foydasini ko`rmasa, engini shimarmaydi. Ular hammaning diqqat markazida bo`lishni sevadilar va bundan kuchga to`ladilar. Bundan tashqari, ular maqtov-mulozamat gadosidirlar, bunday paytda o`zlarini yuksaklarda his qilishadi.

ENG SODIQ - SUNBULA

Bu burj vakillari bo`lajak yorlarini juda ehtiyotkorlik bilan tanlashadi. Ularga butun mehr-muhabbatini ulashib, turmushlarini farovon qilishga harakat qilishadi. «Sunbula» burjidagilar nafaqat juftlari, balki yaqin do`st va dugonalariga ham sira xiyonat qilishmaydi.

ENG DILKASh – MEZON

«Mezon»larning og`zini yopsangiz ham gapdan to`xtata olmaysiz, soatlab suhbatlashish jonu dillari. Ular yangi tanishuvlardan xursand bo`lishadi. Katta davralarda o`zlarini qulay his etishlari va ishonch bilan so`zlashlari diqqatdan chetda qolmaydi. Zaif tomonlari esa bir kun ham yolg`izlikni ko`tara olishmaydi.

ENG MAKKOR – AQRAB

Agar bu burj vakillari o`ch olishni boshlasalar, ularni to`xtatib qolish qiyin. Ular siz gumon qila olmaydigan darajada eng murakkab usullardan foydalanib qasdlashishadi. Hech mubolag`asiz aytish mumkinki, «aqrab» lar xavfli raqibdirlar.

ENG ChIROYLI – QAVS

«Qavs» ayollarining tashqi ko`rinishi tabiatan nafis va jozibador. Tabassumlari bilan atrofdagi insonlarni maftun qila olishadi. Tashqi ko`rinishlari e`tiborli bo`lishni ham o`rniga qo`yishadi. «Qavs»larni patalak sochu shishgan qovoqlar bilan uchratishingiz amrimahol.

ENG YoPIQ – JADIY

Ularning xayolida nimalar borligini topish juda qiyin. Kamdan-kam hollarda o`z kechinma va sirlarini o`zgalarga ishonadilar. Ko`pincha insonlar orasida o`zlarini sovuqqon va beparvo tutishadi.

ENG AJOYIB – DALV

Yangi g`oyalar ishlab chiqarishda «dalv»ga teng keladigani yo`q. Ularda tasavvur va ijodkorlik xususiyati juda yaxshi rivojlangan. Ammo ba`zan o`ylagan narsalarini amalga oshirish uchun ikkilanishadi. Natijada esa ajoyib kashfiyotlar tan olinmaganicha qolib ketadi.

ENG KUChLI - HUT

Astrologlarning fikricha eng kuchli burj vakillari aynan «hut» ekan. Bu juda ajablanarli axir bu burq vakillari hissiyotga beriluvchan va ta`sirchan bo`lishadiku. Ularda kuch qaerdan bo`lsin? «Hut» larda boshqa burjlarda yo`q qobilyat bor. Masalan qaysar «hamal» va «jadiy» mag`lubiyatga uchraganida «hut» yuksaklarda turgan bo`ladi. «Hut»lar egiladi, ammo sinmaydi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1