Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrining Olmazor va Beshyog`och ko`chalari kesishuvidagi hududda barpo etilayotgan ko`p tarmoqli sport kompleksi qurilishini ko`zdan kechirdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi asosida qurilayotgan “Humo” sport kompleksi dizaynida zamonaviy qurilish echimlari va ilg`or texnologiyalar milliy madaniyat elementlari bilan uyg`unlashib ketgan. Kompleksning binolari ko`kda parvoz etayotgan baxt va hurlik ramzi – Humo qushi shaklida barpo etiladi.
Inshoot ikki majmuadan iborat bo`lib, undan 60x30 metr o`lchamdagi asosiy va mashq muz arenalari joy oladi. Umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil etadigan inshoot to`rt qavatdan iborat bo`ladi.
Mobil o`rindiqlarga ega bo`lgan saroy sport musobaqalari o`tkazish zali sifatida 14 ming, konsert zali sifatida 10 ming tomoshabinga mo`ljallangan. Asosiy binoda 300 o`rinli mashq arenasi ham loyihalashtirilgan.
Arenada xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling bo`yicha musobaqalar bilan bir qatorda basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa sport turlari bo`yicha ham bellashuvlarni o`tkazish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari majmua umumxalq bayramlari, konsertlar, ko`rgazma va forumlar tashkil etish uchun barcha sharoitga ega bo`ladi.
Majmua hududida umumiy bosh reja konsepsiyasiga asosan sport muzeyi, bolalar uchun yopiq maydon, trenajer zallar, fitnes markazi, zamonaviy ovqatlanish shoxobchalari, sport anjomlari do`koni va boshqa xizmat ko`rsatish ob`ektlari joylashtiriladi.
Majmuaning muhandislik tarmoqlari, yong`in o`chirish tizimi, yoritish, ventilyasiya, issiqlik manbai, kondisionerlash tizimlari to`liq avtomatlashgan bo`lib, tejamkor texnologiyalar qo`llangan holda loyihalangan.
Bundan tashqari bino yonida avtomobillar uchun mo`ljallangan to`rt qavatli avtoturargoh qurilishi rejalashtirilgan.
Ob`ektni 2018 yilda ishga tushirish mo`ljallanmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev bunday zamonaviy sport inshootlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida e`tibor qaratdi, mutasaddi rahbarlarga qurilish jarayonini yuqori sifatda amalga oshirish bo`yicha zarur ko`rsatmalar berdi.
04.02.2023, 10:15
Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...01.02.2023, 09:52
Too`kentda "Captiva" yonib ketdi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2023 yil 1 fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY...17.01.2023, 12:04
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni...13.01.2023, 09:20
Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...