AsosiySavol-javob

​Plastikdan plastikka pul qanday o`tkaziladi?

'​Plastikdan plastikka pul qanday o`tkaziladi?'ning rasmi

Ba`zilar o`z bank plastik kartochkasidan boshqa birovning plastigiga pul mablag`larini o`tkazilayotganiga guvoh bo`ldim. Ayting-chi, barcha bank plastik kartochkalarida ham shunday imkoniyat bormi? Buning uchun bankka murojaat qilishim kerakmi?

Shohida, Jizzax shahri

Markaziy bank matbuot xizmati:

— O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumatimiz tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini keng rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan bir qator qarorlari asosida, respublikamizda to`lovlarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirish tizimi yaratildi. Mazkur tizim tashkil etilgandan buyon bir jismoniy shaxsning plastik kartochkasidan boshqa bir jismoniy shaxsning plastik kartochkasiga mablag`lar ko`chirish respublikamizning barcha tijorat banklarida yo`lga qo`yilgan bo`lib, bugungi kunda bir jismoniy shaxsning plastik kartochkasidan boshqa bir jismoniy shaxsning plastik kartochkasiga mablag`lar ko`chirish 2 xil yo`nalishda ya`ni:

  • mijozning arizasiga (arizada mablag` o`tkazilayotgan fuqaroning F.I.Sh., plastik kartochka raqami va bankning rekvizitlari aniq ko`rsatiladi) asosan xizmat ko`rsatuvchi bank filiali orqali (shaxs yoki bankdan qat`iy nazar), bunda bank xizmat haqi undirilmaydi;
  • “On-line” rejimida ishlovchi plastik kartochkalaridan foydalangan holda to`lovlarni masofadan turib, bankka murojaat qilmasdan amalga oshirish imkonini beruvchi “Uzcard”, “Click”, “M- Vank”, “U-Pay”, “Agrobankmobile”, “Mobilsavdo”, “Payme” (mazkur provayderlar mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ektlardir) orqali mazkur o`tkazmalarni ham oshirish mumkin, bunda mijoz mazkur provayderlar xizmati haqini to`laydi.
  • Hozirgi kunda 21 ta tijorat banklari ushbu xizmatlardan foydalanish uchun “Uzcard”, “Click”, “M-Vank”, “U-Pay”, “Agrobankmobile”, “Mobilsavdo”, “Payme” mustaqil aloqa provayderlari bilan shartnoma tuzilgan bo`lib, qolgan banklar ham shartnoma tuzish bo`yicha muzokara olib bormoqda. Mazkur aloqa provayderlarga ro`yxatdan o`tish uchun mobil telefon raqamni ko`rsatib va akkauntga parol o`rnatish lozim. «SMS kodi» kelgandan so`ng uni faollashtirish uchun plastik kartochka raqamini va amal qilish muddatini ko`rsatish zarur. Shuningdek, ushbu aloqa provayderlari xizmatidan foydalanish tartibi bo`yicha to`liq ma`lumotni bevosita ushbu sub`ektlardan olish maqsadga muvofiqdir.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar