1

​Shavkat Mirziyoev Termizda tashkil etiladigan baliqchilik kompleksi loyihasi bilan tanishdi

Jamiyat 10.02.2017, 20:02
Teglar: Shavkat Mirziyoev
​Shavkat Mirziyoev Termizda tashkil etiladigan baliqchilik kompleksi loyihasi bilan tanishdi

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 186 baliqchilik xo`jaligi faoliyat yuritmoqda. Endi ularning safiga «Termiz agro fish eksport» agrofirmasi ham qo`shiladi.

Bu erda baliq etishtirish bilan birga baliq ozuqalarini ishlab chiqarish, viloyatda etishtiriladigan baliq mahsulotlarini eksportga yo`naltirish ishlari ham amalga oshiriladi.

Korxonada Vetnam texnologiyasi asosida Afrika laqqasi, karp kabi baliqlar etishtiriladi. Suvni muntazam tozalab berishga asoslangan ushbu texnologiya baliq etishtirish samaradorligini besh barobarga oshirishi bilan ahamiyatlidir. Komleksda 500 tonna baliqni qayta ishlash, 105 ish o`rni tashkil etish rejalashtirilgan.

Xalqimiz baliqni luqmai halol deb atashida katta hikmat bor, dedi Prezidentimiz. Uning tarkibida inson salomatligi uchun juda muhim bo`lgan elementlar, vitaminlar mavjud.

Surxondaryo baliqchilik bilan shug`ullanish uchun zarur tabiiy iqlim, suv zaxiralariga ega. Bundan unumli foydalanish, ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun maxsus dastur ishlab chiqish kerak. Baliqchilikni chuqur biladigan mutaxassislar tayyorlash maqsadga muvofiqdir.

Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatida suv resurslaridan samarali foydalanish loyihasi bilan tanishdi.

Loyihada viloyatdagi gidrotexnika inshootlari, kanal va boshqa suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, yangilarini qurishga qaratilgan 122,7 million dollarlik chora-tadbirlarni amalga oshirish ko`zda tutilmoqda. Uning 89,5 million dollari Islom taraqqiyot bankining krediti hisobiga qoplanadi. Natijada viloyatning Sherobod, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Sho`rchi, Boysun, Qumqo`rg`on tumanlaridagi 103,5 ming gektar maydonda suv ta`minoti yaxshilanadi.

Prezidentimiz O`zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federasiyasi kengashiga qarashli «Termiz marvaridi sanatoriyasi» mas`uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

Uchqizil suv ombori bo`yidagi bahavo hududda joylashgan 140 o`rinli ushbu sihatgohda bemorlar fizioterapiya va ma`danli suv, qum va quyosh nurlari orqali davolanadi.

Bugungi kunda 80 o`rinli sihatgoh binosi to`liq rekonstruksiya qilindi. Keyingi bosqichda 60 o`rinli yangi bino qurish va uni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash, qozonxonalarni modernizasiyalash, hududda bolalar maydonchasi, futbol, voleybol, basketbol, qo`l to`pi va boshqa sport turlari bilan shug`ullanishga mo`ljallangan stadion va maydonchalar barpo etish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga mazkur hududda dam olish kompleksi qurish bo`yicha zarur topshiriqlar berdi.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1