AsosiyDunyo
4804

​Kaliforniyada to`g`on buzilishi xavfi tufayli odamlar evakuasiya qilindi

'​Kaliforniyada to`g`on buzilishi xavfi tufayli odamlar evakuasiya qilindi'ning rasmi

AQShning Kaliforniya shtat hukumati Orovill shahrida yashovchi odamlarni to`g`on buzilishi xavfi tug`ilganligi tufayli zudlik bilan evakuasiya qildi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Suv oqimi AQShning eng baland to`g`onini buzishi mumkinligi aniq bo`lgach, odamlar ko`chirildi. Kaliforniya suv zahiralari departementi mahalliy vaqt bilan soat oltida o`z Tvitter sahifasida suv ko`tarilgani tufayli to`g`onni buzishi mumkinligi haqida xabar qildi. Departament xodimlari suv toshqinining oldini olish uchun to`g`onga vertolyot orqali tosh tashlatilishi haqida ma`lumot berdi.

Reuters agentligi bergan ma`lumotga ko`ra, evakuasiya qilinishi lozim bo`lgan hududda 160 ming fuqaro, Orovill shahrida esa 16 ming odam istiqomat qiladi.

Mazkur hududda yashovchi odamlarga janub yoki sharqqa ko`chish buyurildi. Orovilldan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan Chiko shahri evakuasiya punkti qilib tayinlandi. Yo`llar yuvilib ketganligi bois tirbandlik yuzaga keldi. To`g`onning toshishiga Kaliforniyada yomg`irning ko`p yoqqanligi, qor bo`ronlari sabab bo`ldi. Orovill to`g`oni 1968 yilda qurilgan bo`lib, balandligi 230 metrdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar