AsosiySUG'DIYONA
14099

​Devor, gilam va divandagi dog`lardan qanday xalos bo`lish mumkin

'​Devor, gilam va divandagi dog`lardan qanday xalos bo`lish mumkin'ning rasmi

Ro`zg`orda uchraydigan kichik ko`ngilsizliklar katta muammoga aylanmasligi uchun ularga sodda echim toping. Bunda sizdan ozgina tasavvur va harakat talab qilinadi xolos. Quyida ko`nglingizni xira qilayotgan turfa dog`lardan qutulish yo`llari bilan tanishtiramiz.

1. Kichkintoyingiz devorga chizsa ...

Bolangizga «Bunday qilma», deb harchand koyimang, u baribir o`z bilganidan qolmaydi. Shunday ekan qo`l ostingizda doim spirt va vodorod pereksidi eritmasi bo`lsin. Avval spirt yordamida rangli bo`yoq izlarini artib ko`ring. O`rni bilinib qolsa, demak, 3 foizli vodorod pereksidi eritmasi bilan asta artishingiz kerak. Bunday tozalash jarayonlaridan so`ng devorni toza mato bilan artishni unutmang.

2. Gilamga zelenka to`kilsa....

Bu eritma tarkibidagi moddalar rangini yaxshi saqlab qoladi. Shu bois gilamga zelyonka to`kilib ketganda matoni eritma ustiga asta botirib, arting. Agar eritma gilamga singib, qotishni boshlasa, benzin yoki kerosin eritmasida tozalash mumkin. Bordiyu qo`l ostingizda kislorodli oqartirish vositasi bo`lsa, ozroq suv bilan aralashtirib, mato yordamida dog`ni ketkazish mumkin. Asosiysi, harakatingiz tez va aniq bo`lsin.

3.Yungli kiyimlar dag`allashib qolsa...

Agar siz yoqtirgan yungli sviter matosi dag`allashib, cho`zilib yoki kengayib ketsa, quyidagi usulni sinab ko`ring. Tog`oraga iliq suv solib, soch yuvish uchun mo`ljallangan kondisionerdan qo`shing. Sviterni suvga botirib, asta ishqalab yuving. Quritishga kelganda, ilgakka osgach, englarini yuqoriga qaratib qo`ying. Agar mato yungi notekis ko`rinishga kelsa, taxtali taroq yordamida pastdan yuqoriga qarata tarang.

4.Yoqimsiz hidni ketkazish uchun...

Oshxonangizdagi idish-tovoqlar turadigan jovonlardan yoqimsiz hid kelsa, barcha anjomlarni tashqariga olib, har bir qatorni artib chiqing. Bunda sizga oddiy suvda namlangan mato qo`l keladi. Avval xo`l keyin esa quruq matoda artib, burchaklariga limon yoki apelsin mevalarining quritilgan po`stlog`ini qo`ying.

5. Divandagi dog`lar...

Agar xonadoningizda birorta uy hayvoni bo`lsa, divan va kursilardagi turli dog`lar sizni bezovta qilishi tayin. Jonivoringiz qoldirgan bunday dog`larni ketkazish uchun 1 stakan suvni 2 osh qoshiq sirka bilan aralashtirib, dog` joyni ishqalab arting. Mazkur usul balki nafaqat dog`dan halos bo`lasiz, balki noxush hid ham yo`qoladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar