1. Hut va Savr
Hissiyotga beriluvchan Hutlarga aql bilan ish yurituvchi Savr to`g`ri yo`l ko`rsatib turadi. O`z o`rnida «savr» hamisha orzularga beriluvchi Hutni boshqara oladi.
2. Mezon va Hamal
Bu ikkisining dunyoqarashi deyarli bir hil. Barchaning e`tiborida bo`lish, tashkiliy ishlarni do`ndirish va bir-birining qiziqishlarini hurmat qilish. Ular oilaviy bayram yoki tadbirlarni ham bamaslahat o`tkazishadi. Ularning baxtiyorlik siri ham shunda.
3. Hamal va Javzo
Ham ruhiy ham jismoniy tarafdan bir-biriga mos keladigan bu juftlik olov va havo singari bir-biri uchun zarurlar. Ularni umumiy maqsadlar birlashtirib turadi.
4. Aqrab va Saraton Bu ikki burj vakili o`ta ehtiroslidirlar.
Ularning munosabatlari ishonchli va davomiy bo`ladi. Ikkisi ham himoyaga muhtojdirlar, ammo birga bo`lishsa, o`zlarini xotirjam his qiladilar.
5. Qavs va Asad
Bular ham qaynoq juftliklar safiga kiradi. Ko`zlagan maqsadiga erishmaguncha tinchimaydigan «qavs» va «asad»ning munosabatlari shunchalar mustahkamki, hatto xafalashib qolishsa ham arazlari uzoqqa cho`zilmaydi.
6. Dalv va Sumbula
Sumbulada tahlil qilish qobiliyati faol bo`lsa, «dalv»lar quvnoq va his-tuyg`uga beriluvchandir. Ular bir-birini to`ldirib turibgina qolmay, bir-biridan o`zgarishlarni ham talab qilishmaydi.
7. Savr va Jadiy
Bu juftlik bir-birini to`ldirgan holda o`z imperiyasini qura oladi. Ikkisi ham o`z oldilariga ulkan maqsadlar qo`yishadi va unga erishish uchun birdamlikda qadam tashlaydilar.
8. Hut va Aqrab
Mazkur burj vakillari baxtli va ko`p farzandli katta oila bo`lib uzoq umr bekamu ko`stlikda yashaydilar. Hayotning barcha sinovlaridan kuchli muhabbatlari yordamida mag`rurona o`ta olishadi.
9. Javzo va Sumbula
Bu juftlikni intellekt birlashtiradi. Ular olamdagi hamma narsani muhokama qila oladilar va buni chuqur qadrlaydilar. Ular o`z his-tuyg`ularini ifoda qilishni eslaridan chiqarib qo`ymasalar juda baxtli bo`ladilar.
10. Jadiy va Hamal
Ikki ehtirosli va tejamkor insonlarning omadli juftligidir. Jadiyning to`g`riligi va reja bilan ish ko`rishi «Hamal»ning shosha-pisha qilinadigan jo`shqin harakatlarini bosib turadi.
11. Savr va Aqrab
Bu juftlikning ikkisi ham mustaqil bo`lishni yoqtirsa-da, o`zaro munosabatlarda hamjixatlikda ish ko`rishni ma`qul bilishadi. Dunyoqarashlari o`xshash. Muhimi, bir-birini tinglay oladi.
12. Javzo va Mezon
Bu yuksak donolik va tarovat juftligidir. Javzolar neytral va biror masalani hal qilishga qiynaladigan shaxsdirlar. Tarozular ham neytral, ammo ular portlashlari mumkin. Bu ikkisi bir-birini tushuna olsa, juda yaxshi va mustahkam nikoh barpo bo`ladi.
13. Hamal va Qavs
Bu juftlikdan tuganmas energiya taraladi. Ikki olov hamma joyda bir-birini yondiradi.
14. Hut va Saraton
Ular chin va mustahkam sevgi namunasi bo`la oladilar. Saraton juda romantik, «hut»lar esa shunchalik qattiq sevadilarki, ularning sevgi qissasiga hammaning havasi keladi.
15. Sumbula va Savr
Ular avvaliga bir-birmizga mos emasmiz deb o`ylashadi. Aslida esa unday emas. Siz bir-biringiz uchun yaralgansiz. Urush-janjallar, tushunmovchiliklar barcha juftliklarda bo`ladi. Ularni engib o`tish uchun bir-biringizning qo`lingizdan mahkam tuting.