AsosiyDunyo
6962

​Xitoylik er-xotin “Ichiga yovuz ruhlar in qurgan” o`g`lini 30 yil tutqinlikda saqladi

'​Xitoylik er-xotin “Ichiga yovuz ruhlar in qurgan” o`g`lini 30 yil tutqinlikda saqladi'ning rasmi

Xitoylik er-xotin “Ichiga yovuz ruhlar kirib olgan” deb hisoblagan o`g`lini 30 yil mobaynida tutqinlikda saqladi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Ismi oshkor etilmagan 39 yoshli erkak bolaligidan beri Xitoyning Guansi viloyatidagi Beyxay shahridagi derazasiga panjara o`rnatilgan, eshigiga qulf solingan uyda yashab kelgan.

Ota-onasining so`zlariga qaraganda, u olti yoshligida uydan qochib ketgan, uni begona odam uyiga qaytarib olib kelgan, shundan keyin “yovuz ruhlardan tozalash” marosimi o`tkazilganiga qaramay, bola muntazam ravishda uyidan qochib ketavergan, qo`shnilarining uyiga o`g`irlikka tushgan. Shundan keyin ota-onasi uni uyning bir xonasiga qamab, eshigiga qulf osishgan.

Ayolning aytishicha, turmush o`rtog`i bilan farzandining kundalik ehtiyojlarini qondirib, barcha talab-istaklarini bajargan, ammo uni ozodlikka qo`yib yuborishmagan. Ayni paytda erkakni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirish chora-tadbirlari ko`rilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar