Turkiya va Hindiston o`zaro hisob-kitob vaqtida dollardan voz kechib, barcha operasiyalarni milliy valyuta orqali amalga oshirishi mumkin, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo`g`an Nyu-Delida bo`lib o`tgan biznes-forumda ma`lum qildi.
“Eksport va import operasiyalarining milliy valyutada amalga oshirilishi, valyuta kursining negativ ta`sirini kamaytiradi. Turkiya Hindiston bilan aloqalarni mustahkamlash borasida barcha zaruriy choralarni ko`radi. Ikki mamlakat o`rtasida iqtisodiy hamkorlikni keng miqyosda rivojlantirish yuzasidan loyihalarni muhokama etadigan payt keldi”, dedi Erdo`g`an.
Turkiya va Hindiston energetika sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.