Amerikaning San-Diego shahridagi uylardan birida basseyn atrofida tug`ilgan kunni nishonlayotgan odamlarga qarata noma`lum shaxs o`q uzdi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Oqibatda bir kishi halok bo`ldi, etti kishi turli darajada tan jarohati oldi. San-Diego shahar polisiya boshlig`i shelli Zimmermanning xabar berishicha, tumanda otishma bo`layotgani haqida mahalliy vaqt bilan kechki soat 6 da xabar berilgan. Voqea joyiga etib kelgan polisiya ofiserlari odamlarga qarata o`q uzayotgan odamni ko`rgan. Jinoyatchi polisiyachilarni ham nishonga olgach, ular qurollangan shaxsni otib o`ldirishdi. Hozircha noma`lum erkakning nima uchun odamlarga qarata o`q uzgani noma`lum. Guvohlarning aytishicha, qurollangan jinoyatchi mast holatda bo`lgan, u o`q uzayotganda ham spirtli ichimlik ichishda davom etgan. Polisiyachilarning sa`y-harakatlari tufayli jinoyatchining shaxsi aniqlandi, u 1967 yilda tug`ilgan Piter Selis ekanligi ma`lum bo`ldi. Hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.
Witness took pic of shooting scene. Says this is the shooter police took out. Courtesy: Sunil Kuma. @CBS8 pic.twitter.com/FyXDfNHExj
— Dominic Garcia (@DomCBS8) 1 maya 2017 g.
27.12.2022, 10:08
AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...03.12.2022, 12:40
AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...12.10.2022, 11:42
Pekin Vashingtonga besh yil ichida etti davlatni bosib olish rejasini eslatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh armiyasining iste`fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning 20 yil...05.10.2022, 11:12
AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanishga qaror qildi. Bu haqda Amerikaning NBS telekanali xabar bergan.“Sentyabr oyida voiz Al Sharpton bilan bo`lgan uchrashuvda...