AQSh da bugungi kunda davlat siyosati emas, Tramplarning oilaviy hayoti suhbat mavzusiga aylandi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Jurnalistlar taniqli odamlarning oilasidagi har bir ikir-chikirga e`tibor qaratishni xush ko`radi. Mamlakatning birinchi xonimi haqida gap ketar ekan, uning ijtimoiy tarmoqdagi oddiy layki ham bir olam mish-mishlar paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. OAVlar Melaniya Trampning Oq uyga, turmush o`rtog`ining oldiga ko`chib o`tishni istamayotganligini ularning ajrashayotganligi bilan izohladi. Bu xabar biroz unutilganda, Melaniya Tramp yangi g`iybatlar uchun zamin yaratdi. Mazkur juftlikning gajetlarga nisbatan muhabbati anchadan beri ularga turli muammolarni tug`dirib kelmoqda. Smartfonlarning Tramp oilasiga xalaqit qilayotganini senatdagilar ham angladi. Donald Trampning Twitter ijtimoiy tarmog`ida faolligini sezib qolgan senat qo`mitasi raisi Bob Korker prezidentdan telefonni olib qo`yishni taklif etdi. Uning bunday qarorga kelishiga Trampning respublikachilar byudjet loyihasini himoya qilolmaganligi sababli hukumatni yopish haqidagi keskin tviti sabab bo`ldi. Melaniya ham turmush o`rtog`idan ortda qolishni istamadi. U nafaqat mamlakatning, balki Amerika Internetining ham birinchi xonimiga aylanib ulgurdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uning liboslarini, qaddi-qomati, xatti-harakatlarini qizg`in muhokama qilishga odatlandi. Ammo nyu-yorklik prodyuserlardan birining tviti haqiqiy shov-shuvga sabab bo`ldi. U Melaniyaning turmush o`rtog`iga tashlagan nazarini tahlil qilar ekan, prezident Meksika davlati chegarasiga qurishni rejalashtirgan devor ularning orasida ham paydo bo`lganiga shama qilgan edi. Mazkur tvitga qo`yilgan birgina layk uning reytingini oshirib yubordi. Eng qizig`i shundaki, mazkur tvitga Melaniya Trampning o`zi layk bosdi.
27.12.2022, 10:08
AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...03.12.2022, 12:40
AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...12.10.2022, 11:42
Pekin Vashingtonga besh yil ichida etti davlatni bosib olish rejasini eslatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh armiyasining iste`fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning 20 yil...05.10.2022, 11:12
AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanishga qaror qildi. Bu haqda Amerikaning NBS telekanali xabar bergan.“Sentyabr oyida voiz Al Sharpton bilan bo`lgan uchrashuvda...