Johnson & Johnson kompaniyasi saratonga chalingan amerikalik ayolga 110 million dollar to`laydigan bo`ldi

Dunyo 05.05.2017, 13:43
Teglar: Dollar, Ayol, AQSh
Johnson & Johnson kompaniyasi saratonga chalingan amerikalik ayolga 110 million dollar to`laydigan bo`ldi

AQShning Missuri shtatidagi Sent-Luis shahar sudi Johnson & Johnson xolding kompaniyasining mahsulotidan foydalanib, saratonga chalingan ayolga kompaniya tomonidan 110 million dollar tovon puli to`lashga hukm chiqardi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Virjiniya shtatida yashovchi ayol 40 yil mobaynida mazkur kompaniyaning upali talkidan foydalanib kelgan. 2012 yilda unga tuxumdonlar saratoni tashxisi qo`yilgan, yaqinda esa metastaza ta`sirida jigari ishdan chiqqan. Ayni paytda u kimyoterapiya qabul qilmoqda. Ayol saratonga chalinishiga aynan Johnson & Johnson kompaniyasining mahsuloti sabab bo`lgan, deb hisoblamoqda.

Kompaniya esa ular ishlab chiqargan mahsulotlar bezararligini isbotlashga harakat qildi. Kompaniya saratonga chalingan ayolning dardiga hamdardligini bildirib, sud hukmidan norozi bo`lgani haqida shikoyat arizasi berishi haqida ma`lum qildi.

Sud hukmiga binoan mazkur kompaniya to`lashi lozim bo`lgan 110 million dollar uning tarixidagi eng rekord darajadagi tovon pulidir. Shu paytgacha kompaniyaga nisbatan 2,4 ming marotaba shikoyat arizasi tushgan. O`tgan yilning fevral oyida sud tuxumdon saratonidan vafot etgan ayolning oilasiga 72 million dollar tovon puli to`lash haqida kompaniyaga nisbatan hukm chiqargan edi. Oradan ko`p o`tmay, yana bir saratonga chalingan ayolning shikoyatiga binoan sud Johnson & Johnson kompaniyasini 55 million dollar tovon puli to`lashga hukm qilgan edi.

Sharhlar

AQShda qishki bo`ron qurbonlari soni 50 kishiga etdi

27.12.2022, 10:08

AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...
AQShda eng zamonaviy "ko`rinmas" bombardimonchi samolyot namoyish etildi

03.12.2022, 12:40

AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...
Xitoy TIV vakili AQShning ettita davlatni bosib olish haqidagi rejasini e`lon qildi. U qaysi davlatlar? (video)

12.10.2022, 11:42

Pekin Vashingtonga besh yil ichida etti davlatni bosib olish rejasini eslatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh armiyasining iste`fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning 20 yil...
Bayden ikkinchi muddatga saylanish istagini bildirdi

05.10.2022, 11:12

AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanishga qaror qildi. Bu haqda Amerikaning NBS telekanali xabar bergan.“Sentyabr oyida voiz Al Sharpton bilan bo`lgan uchrashuvda...