AsosiyDunyo
3876

​Tramp FQB rahbari Jeyms Komini lavozimidan ozod etdi

'​Tramp FQB rahbari Jeyms Komini lavozimidan ozod etdi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Federal qidiruv byurosi rahbari Jeyms Komining ish faoliyatini qoniqarsiz deb topgani uchun lavozimidan chetlashtirdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Oq uy bergan bayonotga ko`ra, Donald Tramp AQSh bosh prokurori Jeff Seshns va uning muovini Rod Rozenshtaynlarning tavsiyasiga binoan FQB rahbari Jeyms Komini lavozimidan ozod etgan. Tramp mazkur qarorini “Komi federal qidiruv byurosini samarali ravishda boshqara olmadi”, deb izohladi. Oq uy mazkur lavozimga zudlik bilan nomzod qidirishini ma`lum qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar