AsosiyDUNYO

​Nikaraguada ayolni tiriklay yoqib yuborgan ruhoniy 36 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Nikaragualik ruhoniy Xuan Gregorio Rocha Romero va yana uch kishi “ichiga kirib olgan shay...

Nikaragualik ruhoniy Xuan Gregorio Rocha Romero va yana uch kishi “ichiga kirib olgan shaytondan xalos etish ” maqsadida ayolni tiriklay yoqib yuborgani uchun 36 yillik qamoq jazosiga hukm etildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Fojia fevral oyida Kortesal qishlog`ida ro`y berdi. Ruhoniy boshchiligida bir guruh odamlar 25 yoshli ayolni o`g`irlab, tiriklay yoqib yuborishdi. Ayol topilganda uning tanasi 80 % yonib ketgan bo`lsa-da, tirik bo`lgan. Shifokorlarning sa`y-harakatlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo`lmadi.

Jinoyatda erkaklardan tashqari, yana bir ayol ham ishtirok etgan. U qotillarga sheriklik qilgani uchun 30 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Qolgan jinoyatchilar ham 30 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm eitldi.

Boshqa yangiliklar