AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika OAVlari uning faolligiga e`tibor qaratmayotganligi haqida ma`lum qildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Donald Trampning aytishicha, Xitoy, Yaponiya, Shimoliy Koreya davlatlari bilan muzokaralar olib borib, qizg`in siyosiy faoliyat yuritayotganligiga OAVlar e`tibor qaratmay, faqatgina o`zlarini qiziqtiradigan mavzularni yoritishmoqda. U Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bo`lgan uchrashuvni misol qilib ko`rsatdi.
Yaqinda Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo`lib o`tdi, bu haqda OAVlar xabar bermadi, undan keyin Ukraina tashqi ishlar vaziri keldi, men unga “Sizlar Rossiya bilan yarashishingiz kerak”, dedim. Birov OAVlar faqatgina “Rossiya tashqi ishlar vaziri tashrif buyurdi”, deb ma`lumot berdi, - deb g`azablandi Tramp.
AQSh prezidenti faktlarning buzib ko`rsatilayotganini aytib, jurnalistlar bilan bo`ladigan brifinglarni o`zgartirishni taklif qildi.