AsosiyDunyo

​Trampning yordamchisi tasodifan Pentagon rahbarining telefon raqamini oshkor etdi

'​Trampning yordamchisi tasodifan Pentagon rahbarining telefon raqamini oshkor etdi'ning rasmi

Washington Post gazetasi tasodifan Pentagon rahbari Jeyms Mettisning shaxsiy telefon raqamini oshkor etdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Bu haqda jurnalistlarga o`quvchilardan biri xabar bergan. Nashr maqolaga ilova tariqasida AQSh prezidenti Donald Tramp va uning yordamchisi Kit Shillerning fotosuratini chop etdi. Kadrlardan birida Pentagon rahbarining ismi-sharifi va shaxsiy telefon raqami yozilgan qog`oz ham ko`rinib qoldi. Sinchkov mushtariy bu xatoni ko`rib qolib, tahririyatga qo`ng`iroq qildi, ammo jurnalistlar uning gaplarini jiddiy qabul qilmadi. Ular Prezident maxsus xizmati xodimlari bunday katta xatoga yo`l qo`yishiga ishonishmadi. Biroq, fotosurat diqqat bilan tomosha qilinganda, unda Pentagon rahbarining telefon raqami ko`rinib turardi.

“Men ushbu raqamga qo`ng`iroq qilib ko`rdim, haqiqatan ham mazkur telefon raqami Pentagon rahbariga tegishli ekan”, - deb ma`lumot berdi The Washington Post muxbirlaridan biri.

Boshqa yangiliklar