Jismoniy mashqlaru turli hil parhezlarni kanda qilmasangiz-da, tana vazningizni tartibga keltirolmaysiz. Hech o`ylab ko`rganmisiz, buning sababi nima? Quyida keltirilgan sabablar yordamida savolingizga javob topasiz.
1. Ishtahani nazorat qilolmaslik
Ahamiyat bering, agar ortiqcha yog` qavati qorinning yuqori sohasiga cho`zilgan bo`lsa, muammongiz haddan ko`p eyishingizda. Ishtahangizni nazorat qilishga harakat qilasiz. Ammo ovqatlanish tartibi to`g`ri tuzilmagani uchun semirish davom etmoqda. Masalaning 3 ta echimi bor. Birinchidan, ovqatlanishdan yarim soat oldin bir stakan qaynatilgan suv iching. Ikkinchidan choy va qahvaga kamroq shakar solib iching, shokolad va pechene bilan tanovul qilishni kamaytiring. Uchinchidan, hech bo`lmaganda bir kunda 30 daqiqa jismoniy mashqlarga vaqt ajrating.
2. «Asabiy» qorincha
Agar ortiqcha yog` qorin va qorin atrofida yig`ilsa, buning sababi stress, depressiya va asabiylik bo`lishi mumkin. Odatda asabiy kishilar haddan ko`p miqdorda shirinlik eyishadi. Ammo buni o`zlari sezishmaydi. Yana ko`p suyuqlik ham ichishadi. Ana shu mahsulotlar qorinda yog` to`planishini keltirib chiqaradi.
3. Glyuten semirish
Bo`ksa qismining to`lishishidan shikoyat qiladiganlar organizmdagi gormonal o`zgarishlarga diqqat qilishlari lozim. Shuningdek, kamharkatlilik, bir joyda uzoq vaqt o`tirish va metabolizm jarayonini normallashtirishga ahamiyat berish kerak.
4. Aterogen metabolik disbalans
Bu ko`rinishdagi semizlikda ortiqcha yog` qavati qorin sohasida to`planadi. Qorin kattalashishi hisobiga nafas olish qiyinlashadi. Muammoning echimi to`g`ri ovqatlanish tartibini yo`lga qo`yishdir. Ko`proq kletchatkaga boy mahsulotlar bo`lsin. Jismoniy mashqlardan engilroqlarini bajaring. Press mashqi siz uchun emas.
5. Venoz kanal semirishi
Ortiqcha vazn tananing pastki qismi asosan oyoqlarda kuzatiladi. Ba`zilarda bu nasliy moyillik sabab kelib chiqsa, ayrimlarda kamharakatlilik tufayli yuz beradi. Oyoqlarning to`la ko`rinishidan go`yoki ortiqcha vazn butun tanada bordek tuyuladi. Bu holatning echimi oyoqlarning jismoniy faolligini oshirish, ko`proq piyoda yurish ayni muddao.
6. Harakatning sustlashishi
Sport yoki jismoniy mashqlar bilan shug`ullanib yurgan yoki turli parhezlarni sinab ko`rgan ayollarda ko`pincha qorin, bel sohasi va bo`ksaga o`tgan semizlik paydo bo`ladi. Bu parhezlarning naf bermagan natijasi hamda mashqlarning to`g`ri bajarilmaganligi sabab kelib chiqqan holatdir. Masalaning echimi uzoq vaqt och yurmaslik, ko`proq suyuqlik ichish va jismoniy faolligingizni to`g`ri taqsimlashdir.