AsosiyDunyo
6873

​Yaponiyalik malika oddiy yigitga turmushga chiqayotgani uchun unvonidan voz kechdi

'​Yaponiyalik malika oddiy yigitga turmushga chiqayotgani uchun unvonidan voz kechdi'ning rasmi

Yaponiya imperatori Akixito va uning rafiqasi Mitikolarning to`ng`ich nevarasi bo`lgan malika Mako Akisino oddiy yigitga turmushga chiqayotgani uchun unvonidan voz kechdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Malika Mako 25 yoshli bo`lajak turmush o`rtog`i Key Komuro (Kei Komuro) bilan birga Tokiodagi Xalqaro nasroniylik universitetida birga o`qigan. Juftlik ilk marotaba bundan besh yil yilgari Tokiodagi restoranlardan birida tanishgan. Malika turmushga chiqmoqchi bo`lgan yigitini oila a`zolari bilan tanishtirdi, ular ham qizning tanlovni qo`llab-quvvatladi. Nashrning xabar berishicha, Komuro chang`i sporti bilan shug`ullanadi, skripkada kuy chalish va pazandachilikka ham qiziqadi. Ularning nikoh to`yi bo`lib o`tgandan keyin qiz malikalik unvonidan ayriladi.

Malika Mako shahzoda Akisino va malika Akisinolarning to`ng`ich farzandidir. U qirollik oilasi vakilasi hisoblanib, uning 22 yoshli Kako ismli singlisi va 10 yoshli Xisaxito ismli ukasi bor. Yaponiya qonun-qoidalariga asosan taxtga faqat erkak kishi o`tiradi. Malika Mako Dublindagi universitet kollejida va Edinburg universitetida ham ta`lim olgan. U Tokio universiteti qoshidagi muzeyning ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritadi va madaniyat sohasi bo`yicha doktorlik unovniga ega.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar