18 may kuni “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining Boeing 787 Dreamliner samolyoti Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo`nalishida o`zining ilk parvozni amalga oshirdi.
Milliy aviakompaniyaning 238 nafar yo`lovchisi, shundan 59 – Rigaga va 179 – nafari Nyu-Yorkka parvoz qilganlar yangi Boeing-787 Dreamliner qulayligi va xizmat ko`rsatish sifatiga yuqori baho berishdi, deb yozadi MAK matbuot xizmati.
“O`zbekiston havo yo`llari” o`zining Boeing 787 Dreamliner tijoriy ekspluatasiyasini o`tgan yilning sentyabridan boshlagan. Bugun “orzu layneri”da Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapurga parvozlar amalga oshirilmoqda.





