AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi Gregori Allen Jastis maxfiy harbiy ma`lumotlarni Rossiyaga sotishga harakat qildi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
U sud jarayonida aybini tan oldi. Gregori Allen Jastis AQSh mudofaa vazirligida muhandis bo`lib ishlagan. O`tgan yili 49 yoshli Gregori Rossiya razvedkasi xodimiga maxfiy ma`lumotlarini sotishga harakat qilgan. Aslida u Rossiya razvedkasi emas, balki FQB xodimi bo`lgan.
Jastis AQSh harbiy yo`ldoshlarining o`ziga xos texnik xususiyatlaridan yaxshi xabardor bo`lgan. Amerika qonunchiligiga binoan u 35 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Jastis sudda aybini to`liq tan oldi. U rafiqasi og`ir dardga chalingani tufayli mazkur ishga qo`l urishga majbur bo`lganini ma`lum qildi.
27.12.2022, 10:08
AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...03.12.2022, 12:40
AQSh yangi B-21 Raider strategik bombardimonchi samolyotini namoyish etdi. Samolyot jahondagi ilk oltinchi avlod bombardimonchisi hisoblanadi, deya yozmoqda "zamon.uz".Uning namoyishida AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ishtirok etgan."Bu...12.10.2022, 11:42
Pekin Vashingtonga besh yil ichida etti davlatni bosib olish rejasini eslatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh armiyasining iste`fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning 20 yil...05.10.2022, 11:12
AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanishga qaror qildi. Bu haqda Amerikaning NBS telekanali xabar bergan.“Sentyabr oyida voiz Al Sharpton bilan bo`lgan uchrashuvda...