So`nggi hafta davomida Yaponiyada havoning isib ketishi oqibatida minglab odamlar kasalxonalarga yotqizildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Issiq havodan yoshi 65 dan oshgan odamlar aziyat chekdi, ular issiqni ko`tara olmadi. Kasalxonaga yotqizilganlar orasida bolalar ham bor.
Mazkur holatdan Yaponiyaning Aiti, Saitama, Osaka, Xyogo va Kanagava prefekturalari aholisi ko`proq jabrlandi.
Yaponiyalik sinoptiklar issiq ob-havo sharoiti yana bir necha kun davom etishini bashorat qildi. Ekspertlar odamlarga ko`chaga chiqmaslikni, kondisionerdan foydalanishni, ko`proq suyuqlik ichishni tavsiya etdi.
Yaponiyada 2016 yilning avgust oyida ham issiq ob-havo kuzatilib, o`shanda minglab mahalliy aholi kasalxonalarga yotqizilgan edi.