Qo`shma Qirollikning mustaqil partiyasida terrorchilar uchun o`lim jazosini qo`llashni yana tiklash fikri bildirildi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Bu haqda partiya a`zosi Jenis Etkinson ma`lum qildi.
“Biz ayni paytda urush holatida turibmiz, ammo harbiylarimiz jinoyat va terrorning ustidan g`alaba qozona olmayapti. Men siyosatchiman, mazkur muammoning echimini topish uchun faqatgina qarorlar qabul qila olaman. Vaziyatdan kelib chiqib, terrorchilik jinoyatlari uchun o`lim jazosi qo`llanishini e`lon qilishimiz lozim. Kasalni davolagandan ko`ra, uning oldini olgan ma`qul”, dedi u.
Jenis Etkinsonning so`zlariga qaraganda, fraksiya o`lim jazosini qayta qo`llash uchun referendum o`tkazishni ko`zda tutgan.
Eslatib o`tamiz, 22 may kuni, amerikalik xonanda Ariana Grandening Manchesterda berayotgan konsertida ro`y bergan portlash oqibatida 22 kishi halok bo`ldi, 120 nafarga yaqin odam yaralandi. Mazkur terakt javobgarligini “Islom davlati” terrorchilik guruhi o`z bo`yniga oldi.
10.10.2021, 15:23
Bugun bo`lib o`tgan Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig`ilishida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati ma`lum qildi.Kengash qaroriga ko`ra:Namazbaeva Saragul...25.08.2021, 17:42
“Yolg`onning umri qisqa”, degan ibora hammamizga yaxshi tanish. Haqiqatan ham bu gapda yuz foiz jon bor. Yolg`on ishning qachondir misi chiqib, boshqalarni aldamoqchi bo`lgan odamning...16.08.2021, 17:37
Fuqarolar va yuridik shaxslar ma`muriy sudlarga murojaat etish chog`ida ariza yoki shikoyatning shakli va mazmuniga nisbatan qo`yilgan talablarga to`liq amal qilmaydilar. Bunday e`tiborsizlik sudga taqdim...16.08.2021, 12:20
Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.Unga ko`ra, Rossiyadagi har beshta kompaniyaning biri koronavirusga qarshi vaksina olishdan bosh...