AsosiyDunyo

​Shifokorlar braziliyalik erkakning qo`l panjasini qornida o`stirdi

'​Shifokorlar braziliyalik erkakning qo`l panjasini qornida o`stirdi'ning rasmi

Braziliyalik erkakning qo`l panjasi ishlab chiqarish jarohati oqibatida uzilib ketdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Ammo shifokorlar uzilgan qo`l panjasini olib tashlamay, saqlab qolishga harakat qildi. Karlos Mariottining panjasi teri bilan qoplanishi uchun uning qorniga “cho`ntak” kabi tikib qo`yildi. Bemor shu holatda 42 kun yurdi. Natijada qo`l panjasining usti teri bilan qoplanib, qo`lqop kiyganga o`xshab qoldi. Karlos endi shifokorlarning operasiya orqali qo`l barmoqlarini ajratishini kutmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar