1

​O`zbekiston Prezidenti Turkiya Bosh vaziri o`rinbosarini qabul qildi

Jamiyat 26.05.2017, 09:30
Teglar: O`zbekiston, Turkiya, Shavkat Mirziyoev, Prezident
​O`zbekiston Prezidenti Turkiya Bosh vaziri o`rinbosarini qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 25 may kuni Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaning to`rtinchi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Yildirim Tug`rul Turkeshni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi o`zaro hamkorlik va muloqotlar faollashayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi, deb yozadi O`zA.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`onning 2016 yil 17-18 noyabr kunlari Samarqand shahriga tashrifi chog`ida va joriy yil 14 may kuni Pekin shahrida o`tgan «Bir makon, bir yo`l» xalqaro forumi doirasida oliy darajadagi samarali uchrashuvlar mamlakatlarimiz o`rtasidagi keng ko`lamli va o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yuqori sur`at bag`ishlagani va yangi imkoniyatlar yaratgani ta`kidlandi.

Uchrashuvda O`zbekistonda to`qimachilik, charm, kimyo va farmasevtika sohalari, qurilish materiallari sanoati, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va boshqa yo`nalishlarda, jumladan, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi doirasida yuqori texnologiyali zamonaviy korxonalarni tashkil etish bo`yicha aniq loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun Turkiyaning etakchi kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Turizm sohasida o`zaro hamkorlik, xususan, zamonaviy sayyohlik ob`ektlari infratuzilmasini rivojlantirish, birgalikda sayyohlik mahsulotlarini taklif etish, sohada malakali kadrlar tayyorlash bo`yicha ulkan salohiyat mavjudligi ta`kidlandi.

Toshkentda O`zbekiston va Turkiya kompaniya hamda korxonalari ishtirokida bo`lib o`tgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi va Investisiya forumi natijalari, o`zaro sheriklikning istiqbolli yo`nalishlari va qariyb 2 milliard dollarlik hamkorlik loyihalari belgilangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Yildirim Tug`rul Turkesh Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`onning yuksak hurmati va ezgu tilaklarini etkazdi. Turkiya Bosh vaziri o`rinbosari Turkiya kompaniyalarining mamlakatimizda faoliyat yuritishi qo`llab-quvvatlanayotgani va yaratilgan qulay sharoitlar uchun Turkiya rahbariyati nomidan minnatdorlik bildirdi va keng ko`lamli o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta`kidladi.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
Turkiyada muxolifat Erdo`g`onning partiyasini mag`lub etdi

01.04.2024, 09:13

Avval xabar qilganimizdek, yakshanba kuni Turkiyada mahalliy hokimiyatlarga saylovlar bo`lib o`tdi. Bayonnomalarning 93 foiz sanab chiqilganda, Respublika xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot...
Ozarbayjon, Turkiya va Gruziya hamkorligi bo`yicha Boku deklarasiyasi imzolandi

18.03.2024, 10:30

Ozarbayjon, Turkiya va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi yakunlari bo`yicha Boku deklarasiyasi imzolandi.Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Turkiya va Gruziya tashqi ishlar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1