AsosiySUG'DIYONA
20380

​Qatiq – kosmetik vosita

'​Qatiq – kosmetik vosita'ning rasmi

1. Tana va yuz uchun

Uqalash

Qo`lga kiyaladigan maxsus mochalkani iliq qatiqqa botirib olib, butun tanangizni ishqalab chiqing. Qatiqli uqalash terini foydali moddalar bilan boyitadi.

Skrab

Qatiqni mayda dengiz tuzi bilan aralashtirsangiz, ajoyib skrab tayyor.

Oqartiruvchi niqob

5 osh qoshiq quruq ko`k choyga 3 osh qoshiq qatiqni qo`shib aralashtiring. Tayyor niqobni yuzga 15-daqiqaga surtib, so`ng yuving.

2. Soch parvarishi uchun

Quruq sochlar uchun niqob

1 dona tuxum sarig`ini 1 choy qoshiq kanakunjut moyi bilan aralashtirib, so`ng 3 osh qoshiq qatiq qo`shing. Sochlarga surtishdan oldin yana bir yaxshilab aralashtirib yuboring. Niqobni sochga surtgandan so`ng maxsus shapka kiyvolib, 1 soatga qoldiring. Haftada bir marta bu niqobdan foydalanishni kanda qilmang. Shunda soch bilan bog`liq muammolar sizni deyarli bezovta qilmaydi.

Yog`li sochlar uchun niqob

Bitta piyoz sharbatini yarim stakan qatiq bilan aralashtirib, sochga surtib, boshni uqalang, toki niqob sochlar ildizigacha singsin. Bunday niqobni tez-tez qilib tursangiz, sochlar sog`lom jilo tarqata boshlaydi.

To`kilayotgan va sinuvchan sochlar uchun

Quritilgan moychechak o`tiga yarim stakan o`simlik yog`idan quyib, idish ustini yaxshilab yoping-da, qorong`u joyga 1 haftaga qo`ying. So`ng uni dokadan o`tkazib olib, 3 osh qoshig`iga 3 osh qoshiq qatiq qo`shib, niqob tayyorlang. Niqobni sochga surtib, 1,5-2 soatga qoldiring, keyin shampunlab yuving.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar