AsosiySUG'DIYONA

​Rayhon G`anievadan go`zallik resepti va ozish siri

'​Rayhon G`anievadan go`zallik resepti va ozish siri'ning rasmi

– Qomatingizni nazorat qilish uchun nimalarga rioya qilasiz?

– Vaqtim tig`izligi bois bir kunda ikki mahal ovqatlanaman, xolos. Ora–chora biror nima tamaddi qilib olishim mumkin. Ijodiy jarayonlardagi tayyogarlik jismoniy yuklamaning o`rnini qoplaydi.

– Vazningiz ortgan paytlar ham bo`lganmi?

– Farzandlarim dunyoga kelganidan so`ng biroz to`lishgandim. Hozir sekin-asta avvalgi vaznimga qaytayapman. Yana to`rt kilogrammcha ozsam, ilgarigidek 50 kilo ko`rsatkichga ega bo`laman. To`g`ri ovqatlanish va sport mashqlariga rioya qilinsa, qomatni tartibga keltirishning qiyin joyi yo`q.

– Rayhonning go`zallik resepti?

– Qalb pokizaligi, ijobiy fikrlar, yaxshi o`y – xayollar, niyat, orzularning amalga oshishiga astoydil ishonish – mana shular mening go`zallik reseptim!

– Plastik operasiyalariga qarshi ekaningiz rostmi?

– O`zim hech qachon bu kabi usullarga murojaat qilmaganman. Lekin plastik operasiya amaliyotlaridan foydalanish har kimning o`z tanlovi. Mabodo biror dugonam shu kabi muolajalar haqida maslahat so`rasa, uni bu ishdan qaytargan bo`lardim. Tabiiylikka etadigani yo`q.

Boshqa yangiliklar