1

​Homiladorlarning yozgi muammolari

SUG'DIYONA 05.06.2017, 13:13
Teglar: Salomatlik
​Homiladorlarning yozgi muammolari

Vujudingizda mitti yurakchaning ovoz berib urayotganini his qilishingiz hamon hayot tarzingiz o`zgara boshlaydi. Endi siz kichkintoyni va o`z salomatligingizni asrashga harakat qilasiz. Bunda nafaqat ish sharoitingiz, uy yumushlarini, balki fasllarni ham inobatga olishni unutmang. Masalan, yozda bo`lajak onalarimizni oyoq shishishi, chanqoq kabi muammolar qiynaydi. Keling, ularga birga echim izlaymiz.

Choymi yoki suv?

Jazirama homiladorlarni ancha qiynab qo`yadi. Ko`p suyuqlik ichsa, oyoqlar shishadi, ichmay desangiz, tashnalik yomon. Xo`sh, endi nima qilamiz?

Ichimlik masalasida miqdor emas, sifat muhim ekanligini unutmang. Kvas, kompot, shirin gazli ichimliklar, qadoqlangan sharbatlar bo`lajak ona uchun yaxshi tanlov emas. Negaki, bu ichimliklar chanqoqni bosmaydi, ular oyoqlarga «joylashib oladi» xolos. Homiladorlar uchun eng afzal ichimlik — gazlanmagan suv va ko`k choy. Qahvani esa bolangizni eson-omon bag`ringizga bosib, uni ko`krak suti bilan boqib bo`lgunga qadar asrab qo`yishni tavsiya qilamiz.

  • Ichimlikni tez-tez, ammo kam-kamdan iching. Mors, qandsiz choy ham zarar qilmaydi. Ichimliklarni o`tirib iching. Aks holda, suv quvurdan o`tgandek «oqib ketadi». Natijada oshqozon va ichaklar devori suvga to`yinmay, yana chanqoq bosh ko`taradi.
  • Ichilayotgan suv chanqoqni to`laqonli bosishi uchun u xona haroratida bo`lishi lozim.
  • Ba`zi meva va sabzavotlar ham chanqoqbosdi sanaladi. Masalan, olma, limon, bodring, gilos kabilar.
  • Meva va sabzavotlarni qirg`ichdan o`tkazib, iste`mol qilsangiz, ulardagi foydali moddalar qonga to`liq singib, kichkintoyni yaxshi oziqlantiradi.
  • Ko`proq meva va sabzavotlar iste`mol qiling. Tuzni kamaytiring.
  • Ba`zan oyoq shishishidan xalos bo`lishda dengiz tuzi qo`shilgan sovuq vannachalar yordam beradi. Ammo uy sharoitida bajariladigan har qanday muolajalar haqida davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashish zarur.
  • Darvoqe, bu choralar oyoq og`rishida ham yordam beradi. Ammo oyoq og`rishi tomirlar varikoz kengayishi va kalsiy etishmasligi alomati bo`lishi mumkin. Shifokorga uchraganingizda bu haqda aytishni unutmang.

Oyog`im shishmasin, desangiz...

Homiladorlikda oyoq shishishi faqatgina ichayotgan suvga bog`liq emas. Issiqda qon tomirlarininng kengayishi hamda buyrakda o`zgarishlar yuz berishi hisobiga ham oyoqlar shishadi. Bunday bo`lmasligi uchun oyoqlarni nam mato bilan artib turish yoki suv bilan engil paypaslab olish tavsiya etiladi. Agarda stulda ko`p o`tirishga to`g`ri kelsa, oyoq ostiga biror narsa qo`yib oling. Shuningdek, oyoqlar holatini tez-tez o`zgartirib turish, uqalash ham yaxshi yordam beradi. Imkon topsangiz, oyoqlarni biroz balandroq ko`tarib, dam oling.

Uyquchilik — yaxshimi yo yomon?

Bilamizki, homiladorlik davrida ayol organizmida ko`p quvvatni talab etuvchi o`zgarishlar ro`y beradi. Shu tufayli ayol o`zini xorg`in sezadi, uni uyqu elita boshlaydi. Ayniqsa, jaziramada salqingina xonaga kirsayu, biroz uxlab olsa. Buni organizmning quvvat to`plash va o`zini o`zi saqlash dasturi, desak ham bo`ladi. Shu sababli homiladorlar kerakligicha uxlashlari lozim. To`g`ri, ba`zan qaynonangizdan xijolat bo`lib yoki ish sababli kunduzi uxlab olishga imkon bo`lmaydi. Ammo uyqu «reja»sini topshirmas ekansiz, homilaga ham, o`zingizga ham ziyon etkazib qo`yishingiz mumkin. Sizga maslahatimiz:

tungi uyqu 8 soatdan kam bo`lmasin;

imkon qadar soat 22:00 da uxlashga odatlaning;

kunduzshi 1-2 soatlik uyqu organizmga quvvat beradi;

xonani tez-tez shamollatib turing;

qorong`i xonada uxlang;

ko`proq ochiq havoda sayr qiling;

hovuzda cho`miling yoki iliq dush qabul qiling.

Maslahatimizga quloq tuting va yozni «og`ir bo`lmay» o`tkazib oling.

Oliy toifali ginekolog Hulkar RAVShANOVA tavsiyalari asosida Kamola ShAROFZODA tayyorladi

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1