AsosiySUG'DIYONA

​Ayollarni kelajakda nimalar kutmoqda?

'​Ayollarni kelajakda nimalar kutmoqda?'ning rasmi

Ayollar go`zallashadi

Xelsinsk universiteti olimlari vaqt o`tgani sayin ayollar yanada maftunkor bo`ladi degan fikrga kelishdi. Ular shunday urfni olib chiqishdi: chiroyli ayollar, u qadar chiroyli bo`lmagan ayollarga qaraganda ko`proq farzand dunyoga keltirishadi. Shuningdek zamonaviy imkoniyatlar bilan ayollar yildan yilga tashqi ko`rinishlariga ko`proq e`tibor qaratishadi. Shunday qilib, ikkita avloddan so`ng er yuzida go`zallik hukmron bo`ladi.

Ayollar pasayadi

Yelsk universiteti professori Stiven Stirns shunday nazariyani ilgari surdi: ayollar avloddan avlodga pasayib boradi. Tadqiqot guruhi 14000 tibbiyot kartalarini o`rganib chiqdi. Undagi tendensiyaga ko`ra, qizlar avloddan avlodga pasayib ketgan. Afsuski, ushbu tadqiqot ayollarning vazni oshib borishini ham ko`rsatmoqda: statistika bo`yicha har bir avlodda ayol kishi 1 kiloga semiradi.

Ayollar bir-birlariga o`xshashadi

Turli soha vakillari bir necha avloddan keyin ayollar bir-birlariga o`xshab ketishadi degan fikrga kelishdi. Buning sababi butunjahon globalizasiyasi va irqlarning aralashib ketishida. Tabiiyki moda ham bu borada sezilarli ahamiyatga ega bo`ladi.

Boshqa yangiliklar