Nilufar Usmonova bilan suhbatlashish juda maroqli. Samimiy, ko`ngli ochiq va qaysidir ma`noda dangalchiligi ana shu qiziqishni oshiradi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Bugun u bilan yana ko`rib, uning dunyosiga sayr qilmoqchimiz. Kunlar, turli holatlarda fe`li shakllangan Nilufar Usmonova, bolaligidan, to bugungiga qadar hayotidagi yorqin hotiralarini biz va siz bilan bo`lishadi.
Marg`ilondagi bolalik...
— Marg`ilonim haqida o`ylaganimda buvim bilan o`tkazgan vaqtlarim, qo`ni-qo`shnilar ko`z oldimdan o`tadi. Uydagilar bilan nonushtaga issiq patir va yangi qaymon erdik. Uning ta`mi, hali ham og`zimda qolgan. U erning ajoyib ob-havosi aytmaysizmi. Yozning issiq kunlarida, poytahtda ko`p qolib ketsam, o`sha paytdagi tonggi shabadalarni sog`inaman. Bilasizmi betashvish bolalik deb beokrga aytishmas ekan. Marg`ilondagi bolaligim haqiqatdan ham faqat mehr va e`tiborda o`tgan. Atrofimdagilarlarning erkatoyi edim. Ular bergan iliqligi butun umrga etadi, deb o`ylayman. Lekin shunga yarasha ta`qiqlar ham bo`lgan. Misol uchun, menga hech qachon do`stlarim bilan birga cho`milishga yoki shunchaki, kuyoshda toblanishimga ruhsat berishmasdi. Bir kun sho`xligim tutib boshqalar cho`milishga qochib ketdim. O`zimda yo`q, shunday hursand edim-ki, tasavvur qilolmaysiz. Lekin bu hursandchilik uzoqqa cho`zilmagan. Chunki cho`kib ketishimga bir bahiya qolgandi. Yaxshiyam qo`shnilarim vaqtida buni ko`rib, meni asrab qolishgandi. O`shanda, kattalarda beso`roq bir ishga qo`l urish, yaxshilik bilan yakun topmasligini bilganman. Bundan tashqari bobom bilan bog`liq yorqin hotiralarim ham juda ko`p. Birgalikda hosil terishga borardik. Hazil huzul qilib, yaxshi kayfiyatda qanday ish qilganimizni sezmay qolardik. Bilasizmi, yoshim katta bo`lgani sayin bolalikka qaytgim kelaveradi. Shuning uchun bo`lsa kerak, tez tez Marg`ilonga boraman. Kuni kecha ham bordim. Har gal bolaligim isini tuyib va albatta, mehribon buvijonimni diydoriga to`yib qaytaman. Ilohim, bahtimga umrlari uzun bo`lsin.
Poytaxtga qaytish...
— Toshkentga qaytishimni bilganimda rosti, juda-juda hursand bo`lganman. Chunki, har bir bola singari men ham doim onam bilan yashashni istardim. U erdagi do`stlarim bilan hayrlashish juda qiyin bo`lgandi.
Xorijdagi o`qish...
— Rostini aytsam, chet elga ketish g`oyasi menga umuman yoqmagan. Hato qaysidir ma`noda hafa bo`lgandim, ham. “Til bilmayman. Qornim ochsa qanday qilib ovqat so`rayman” deb rossa o`ylardim. Yuragimga katta qo`rquv bo`lgan. Ammo inson hamma narsaga ko`nikib yashashni biladi. Angilyaga borganimda men ham sharoitga sekin sekin ko`nikib, do`stlar ortirdim. Shunday bo`lsa ham tezroq o`qishni tamomlab O`zbekistonga qaytgim kelaverardi. Birinchi marotaba Vatan sog`inchi nima ekanini o`shanda bilganman. Bugun u erdagi kursdoshlarim bilan gaplashib turmasam ham, o`qituvchilarning ayrimlari bilan aloqam bor.
“Nilufar, sen katta bo`lib qolding”
— Katta hayotga qadam qo`yishim ham horijga ketishim bilan bog`liq. Onasiz yashab, mustaqil va mas`uliyatli bo`lishga o`rgandim. Ichimdagi “men” esa ona bo`lishim bilan ulg`aydi. Yuragimning tagida yana bir vujud paydo bo`lishi, dunyoqarashimni, hayotga bo`lgan bahoni o`zgartirarkan.
Ijodga ilk qadam
— Birinchi marotaba qo`shiq kuylaganimda onam bilan duet kuylaganimiz. Qo`shiq falsafiy, hayotiy mavzuda edi. Bola bo`lib nima denyotganimni hato bilmagandim. Lekin shu darajada qo`shiq kuylagim kelgandan, tushunmasdan ham ijro etaverganman. Yakkaxon sifatida ilk qo`shig`imni esa o`zimni istagim bilan buvijonimga ataganman. O`shanda, “Nilufarning ovozi yo`q ekan” degan gaplar bo`lgani esimda. Hozir shu gaplarga ham munosabatimni bildirmoqchidii. Bola doim ham nima qilayotganini ohirigacha bilolmaydi. Ba`zida hatto, ongimiz qabul qilmasa ham harakatda bo`laverarkanmiz. Men ham o`sha payt qo`shiq kuylayapman, xalq ko`radi, baho beradi, degan narsalarni uncha anglamaganman. Chunki huquqshunos bo`laman, degan niyatim bor edi. Yillar o`tib esa ta`lim olgan soham emas, faoliyat yuritayotgan yo`nalishim menga yaqin ekanini his etdim. Ya`ni san`atga, ijodga mexr qo`shiq kuylash jarayonida paydo bo`lgan. O`z ustimda ishlay boshlaganman.
Birinchi xit...
— Yuqoridagi gapimning davomi sifatida shuni aytmoqchimanki, “Bir kuning baxsh et” qo`shig`idan keyin men mehnatlarim hosilini ko`rdim. Izlanish, tinimsiz ishlash o`z natijasini berdi. Albatta bu xursandchilik bilan mas`uliyat birga kelgan. Erishilgan natijadan oshishim kerakligini bilardim.
“Muhabbat sinovlari”dagi bittagina rol...
—San`atga endi qadam qo`yganimda kinoda ham o`zimni sinab ko`rganimni, bilasiz. Lekin keyinchalik bu yo`nalish o`zimni ko`rmadim. Bunga qaysidir ma`noda rejissyorlar taklif qilayotgan rollarning menga to`g`ri kelmasligi bilan bog`liq. Kelajakda haqiqiy Nilufarni ko`rsatib beradigan loyiha uchrashiga ishonaman. O`shandagina yana katta ekranlarda “uchrashamiz”.
Konsert
— Bu kuni o`zim singari qo`shiqlarimning tinglovchilari ham kutishayotganiga ishonchim komil. Yakkaxon konsertga ruxsat olishim bilan bu orzuyimni tezda amalga oshirishga va`da beraman.
Kliplardagi “Nilufar”
— Ijodkor bo`lganimiz uchun istaymizmi yo`qmi, yuragimizning bir bo`lagini, hayotimizning qaysidir qismini ijodimizga qo`shamiz. Shuning uchun ham kliplarimning har birida “Nilufar”ni “bo`laklarga bo`lingan” holatda ko`rishadi. Bu ijodkorlarga hos nazorat qilib bo`lmaydigan holat.
Afsuslar...
— Har bir insoning hayoti yaxshi va yomon kunlarda iborat. Mening ham afsuslarim bor, lekin ular haqida ommaga gapirishni istamayman.
“Dadam...”
—Yaqinda dadam bilan birga tushgan suratimizni ijtimoyi tarmoqqa joylashtirdim. Izohlarda meni u kishiga o`xshatishdi. Haqiqatdan ham tashqi qiyofam dadamning o`zi. Lekin xarakterlarimizda o`xshashliklarni topmaganman.
Uch o`g`ildan so`ng, qiz...
Bo`yimda borligini bilganimdan so`ng, avvalambor unga sog`liq tiladim. Keyin esa Xudodan faqat qiz so`raganman. Chunki qiz bolaning onasi bo`lish, menga armon bo`lishini istamasdim. Ollohga qilgan niyatim etib bordi. Qiz! Buni bilganimda esa aynan qanday fikr o`tganini hozir aniq eslolmayman. Chunki olti oygacha ichimdagi havotir juda kuchli bo`lgan. “Qiz bolani qanday boqaman? Ular juda nozik bo`lishadi-ku” degan havotirlar meni chulg`ab olgandi. Qizlarni parvarishlash, tarbiyalash haqida ko`p kitob o`qidim. Ko`proq ma`lumotga ega bo`lishga harakat qildim. Yana bir karra shukr aytaman, shu kunlar ham nasib etdi. Ilk bor qo`limga olganimda esa faqat tinimsiz yig`laganman. Quvonch ko`z yoshlarimni yashirolmaganman. Farzandini dunyoga keltirayotganda ona, jonini omonatga qo`yadi. Hudoim menga jonimga qo`shib, qizimni ham hadiya etganidan hissiyotlarim ikki karra oshgandi. Sadiyaxonni birinchi ko`rganimdayoq “Menga o`xshamabti” deganman (kuladi).
“Buvim va onamning o`xshashliklari”...
Ikkisidagi eng katta o`xshashlikni aytaymi bu — nabiralarga o`zgacha mehr bilan yondashish. Nazarimda bu butun dunyodagi buvilarda bor jihat bo`lsa kerak. Bolaligimda buvim meni qanday parvarishlab, mexr bergan bo`lsa, bugun mening bolalarim onam ana shu mexrni hadiya etyaptilar. Ayam bolalar bilan gaplashganda umuman boshqa odamga aylanib qoladilar. Sadiyani olib kelganimizda ularni kuzatib o`zim ham qoil qolgandim. Xursandliklaridan o`zlarini qo`yarga joy topolmay qolgandilar (kuladi). Uch o`g`il nabiralarini kutib olganlaridagi holat boshqa-yu, qizning kelishi onamga o`zgacha xissiyotlarni bag`ishladi.
Farzandlarim...
Katta o`g`lim Saida`zamxon — mehribon. Ibrohim — G`amxo`r. Salaymon — ta`sirchan. Qizimning esa xarakteri haqida hali biror bir gap aytishim qiyin. Endi uch oy bo`ldik.
Shukronalik...
Gapim yakunida, inson umri davomida faqat shukr, deb yashashi kerakligini aytib o`tmoqchi edim. Men ham bugungi kunda erishganlarimning boriga faqat shukronalik keltiraman. Yaqinlarim, mehribonlarim yonimda, chindan ham baxtliman ayolman.
Aliya SULAYMANOVA