AsosiySalomatlik

​Moddalar almashinuvini yaxshilovchi qatikli kokteyllar

'​Moddalar almashinuvini yaxshilovchi qatikli kokteyllar 'ning rasmi

1. Ziravorlar bilan

200 ml. qatiqqa 0,5 choy qoshiqdan zanjabil, dolchin va ozgina murchni 2 stakan mineral suv bilan aralashtirib kun davomida iching.

2. Asalli

Agar ortiqcha vazndan aziyat chekib, biroq pishiriqlardan voz kecha olmayotgan bo`lsangiz, kunning birinchi yarmida bir dona shirinlik eb, ustidan ushbu kokteylni ichsangiz ortiqcha yog`lar bezovta qilmaydi. Demak, 1 choy qoshiq zanjabilni 1 osh qoshiq asal va 2 osh qoshiq qaynagan suv bilan aralashtiring. Bir chimdim dolchin va yarimta limonning sharbatini siqib soling. Barcha masalliqlarni 200 ml. qatiq bilan aralashtiring.

3. Olmalisi xushta`mroq

Bu ajoyib ichimlik ishtahani bo`g`ib, hatto kechki ovqat o`rnini bosishi ham mumkin. Kokteylni tayyorlash uchun 5 dona olmani po`stidan tozalab, qirg`ichdan o`tkazing. So`ng 300 ml. qatiq qo`shib yaxshilab aralashtiring. Ta`bga ko`ra dolchin solishingiz mumkin.

4. Sog`lomlashtiruvchi

Agar kun davomida bu ichimlikni uch mahal ovqatdan oldin ichib, yog`li taomlarni tanovul qilmasangiz, haftasiga 2 kilogrammgacha ortiqcha vazndan xalos bo`lishingiz mumkin. U oshqozon mikroflorasini yaxshilab, moddalar almashinuvini jadallashtiradi. 0,5 litr qatiqqa 1 dona kivini maydalab, 1 osh qoshiq asal va bir oz yalpiz solib, 10 daqiqaga qoldiring. So`ng aralashtirib, ichishingiz mumkin.

5. Birgalikda ozamiz

10 kun davomida ertalab och qoringa va kechqurun taomdan avval ichsangiz va sabzavotli taomlardan tanovul qilib borsangiz haftasiga 3 kilogrammgacha ortiqcha vazndan xalos bo`lishingiz mumkin. Demak, 1 stakan qatiqqa 1 osh qoshiq maydalab to`g`ralgan petrushka va bir osh qoshiq suli yormasini solib 1 soatlardan keyin iching.

6. Sabzi ham foydali

100 ml. sabzi sharbati, 200 ml. qatiq 1 osh qoshiq limon sharbati biroz murchni aralashtirib kun davomida iching. Xohishga ko`ra biroz maydalangan sarimsoqpiyoz va rayhon solishingiz mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar