AsosiySUG'DIYONA

​Hayotingizni osonlashtiruvchi 8 psixologik usul

'​Hayotingizni osonlashtiruvchi 8 psixologik usul 'ning rasmi

1. Bir guruh odamlar kulganida, har kim beixtiyor o`ziga yoqqan yoki yaqin olishni istagan kishisiga qaraydi.

2. Agar asabiylashib turganingizda muhim vazifa topshirib qolishsa, saqich chaynang. Chunki inson miyasi taom tanovul qilish chog`ida tinchlanadi.

3. Boshliq sizga baqirganida indamay turing. Bu bilan balki biror yutuqqa erisha olmassiz. Ammo bir muddat o`tgach u qilgan ishi uchun o`zini ayblay boshlaydi.

4. Suhbatdoshingizning javobi sizni qoniqtirmayaptimi? Unda savolingizni qayta-qayta so`rashga shoshilmang. Yaxshisi uning ko`ziga qarab, jim turavering. Shunda u suhbatni davom ettirishga majbur bo`ladi.

5. Agar kun bo`yi turli mijozlar bilan ishlashingizga to`g`ri kelsa, stulingiz orqasiga ko`zgu qo`yib oling. Ishonavering, ko`pgina mijozlaringiz bundan ancha muloyim tortib qolishadi. Axir xech kim o`zining badjahl va asabiy aksini ko`rishni istamaydi-da.

6. Agar majlisda sizni tanqid qilishlarini kutayotgan bo`lsangiz, imkon qadar tanqidchingizning yaqiniga o`tirishga harkat qiling. Shunda u biroz “yumshab”, engilroq munosabatda bo`ladi.

7. Muhim uchrashuvdan avval suhbatdoshingizni o`zingizga qadrdon kishidek, yuz yillik tanishingizdek tasavvur qilib ko`ring. Shunda uchrashuvda ancha erkin bo`lib, kamroq hayajonga berilasiz.

8. Og`zaki nutqda «menimcha», «nazarimda» degan so`zlardan imkon qadar kamroq foydalanishga harakat qiling. Aks holda, suhbatdoshingizda o`ziga ishonmayotgan kishidek taassurot uyg`otasiz.

    Boshqa yangiliklar