1

​Ayol jozibasi. Qaerda qanday?

SUG'DIYONA 30.06.2017, 15:12
Teglar: Ayol, Go`zallik
​Ayol jozibasi. Qaerda qanday?

Go`zallik standartlari har doim har xil bo`lib kelgan. Ularning turli mintaqalardagi mezonlari ham turlicha. Masalan: Sharq mamlakatlarida yosh sohibjamollar, g`arbda esa kattaroq yoshdagi xonimlarga e`tibor kuchli. Shu jumladan, har bir malakatda bu me`yor har xil.

Ispaniya

Haqiqiy ispan go`zali yoshi 30-35lar atrofidagi hissiyotli ayol. Ular tabiat o`zlariga in`om etgan go`zallikni ko`z-ko`z qilishni xush ko`rishadi. Mahalliy aholi mezonlari bo`yicha go`zallik me`yorlari quyidagicha: bug`doyrang teri, kamon qoshlar va bodom qovoqlar...

Shuningdek, atrofdagilarning zavqini keltiradigan darajada kulish yoki rahmini keltirib yig`lay olish ham ispan ayoli ega bo`lishi kerak fazilat sanaladi.

Buyuk Britaniya

Inglizcha go`zallik etaloni bu — tabiiylik. Sochlardan tortib pardoz-andozgacha tabiiy rangda bo`lishi kerak. Yuzdagi sepkillar esa ayolning oliy tabaqaga mansubligidan dalolat beradi. Buyuk Britaniyada qomati ozg`in, harakatlarida shoshqaloqlik alomatlari sezilmaydigan ayollar maftunkor sanaladi. Darvoqe, ingliz xonimlaridek ko`zgu qarshisida ko`p o`tiradigan va sun`iy vositalar yordamida tabiiy go`zallikka erisha oladigan ayollar butun dunyoda bo`lmasa kerak.

Ma`lumot: ingliz ayollari uchun ajin katta muammo emas, (Buyuk Britaniya yoshartiruvchi operasiyalarni amalga oshirish bo`yicha rivojlangan davlatlar ichida eng oxirgi o`rinda turadi). Mahalliy xonimlar ajin, ayniqsa ko`z atrofidagi mayda ajinchalar ayolning ko`rkiga ko`rk bag`ishlaydi, deb hisoblaydilar.

Germaniya

Angliyani «sport vatani» deyishadi, Germaniyada esa badantarbiya ixtiro qilingan. Agar chindan ham go`zallik standartlari mavjud ekan, demak olmon ayollari ulariga qat`iy amal qilish uchun tug`ilgan deb hisoblash mumkin. Mahalliy olmon go`zali – mallasoch, ko`zga yaqqol tashlanadigan yuz tuzilishiga ega, moviy ko`zli bo`ladi. Oralarida yuqorida sanab o`tilgan go`zallik belgilariga ega bo`lmaganlari «standart»ga mos kelish uchun rangli linzalar, soch uchun bo`yoqlar «xizmati»dan foydalanishga erinmaydilar.

Fransiya

Boshqa mamlakatlarda qanday bilmadigu, ammo Fransiyada o`rta yoshlardagi ayol yoshgina sohibjamoldan ko`ra qadrliroq. 40-45 yoshlardagi ayolga yosh qizlarga nisbatan ko`proq ehtirom ko`rsatiladi. Chinakam fransuz ayoli hech qachon ochiq-sochiq yoki badanini ko`z-ko`z qiladigan darajada juda tor liboslar kiymaydi. U ko`proq oddiylikka intiladi.

Fransuz erkaklari esa «ayol kishining xunugi bo`lmaydi», degan qoidani o`ziga shior qilib olganlar.

Saxara

Agar bo`yni qavat-qavat yog` bosmagan bo`lsa, Tuagerlar qabilasiga mansub ayol bir umr qariqiz bo`lib qolishi ehtimoli bor. Oldinga egilganida, qornida 12 qavat yog` hosil bo`ladigan «qomat» sohibasi esa Saxara cho`llarining chinakam go`zali sifatida e`tirof etiladi.

Va nihoyat, maqola yakunida sosiologlarning yana bir kuzatuvini e`tiboringizga havola qilmoqchimiz: keyingi vaqtlarda dunyo miqyosida qayd etilayotgan nikohlarda er o`z ayolidan 3-4 yosh kichik bo`lgan holatlarga ko`p duch kelinmoqda. Bundan quyidagicha xulosalarga kelish mumkin: birinchidan, yoshning kattaligi go`zallikka xalal bermaydi. Ikkinchidan esa katta yoshdagi go`zallik ham navqiron go`zallik singari kishilarni o`ziga jalb qiladigan kuchga ega. Demak, kelajak katta yoshdagi ayollarning qo`lida, deya taxmin qilish mumkin. Siz-chi, bu fikrga qanday qaraysiz?

DILShODA tayyorladi

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1