Novorossiysk shahrida Qora dengizda timsoh bilan birga cho`milgan erkak qo`lga olindi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Sal ilgari ijtimoiy tarmoqlarda timsohning tumshug`ini ip bilan bog`lab, dengizda cho`milayotgan odamlar orasida yirtqichni etaklab yurgan odam aks etgan videolar paydo bo`lgan edi. Dengizda dam olayotgan odamlar timsohdan cho`chishning o`rniga, uning oldiga kelib, yirtqichni silashga harakat qilishgan. Guvohlarning aytishicha, voqea Anapa plyajlaridan birida ro`y bergan.
Endi esa erkak timsohi bilan Novorossiyskda paydo bo`lgan. Erkak polisiya tomonidan qo`lga olinib, unga “Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo`lish” aybi qo`yildi. Timsoh esa hayvonot bog`iga yuborildi. Erkakning ma`lum qilishicha, u mazkur timsohni 2012 yilda do`kondan xarid qilgan. Timsoh shu kungacha uning uyidagi akvariumda yashab kelgan. Ammo erkakda chekdan tashqari timsohga tegishli birorta hujjat yo`qligi ma`lum bo`ldi.