AsosiySport

Messi jiddiy jarohat oldi

Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi 6-8 haftaga safdan chiqdi, deya xabar beradi Evropa matbuoti.

"Betis"ga (4:1) qarshi Ispaniya Primerasining 13-turidan o`rin olgan bahsda argentinalik futbolchi oyog`ining son qismidan jarohat olgan edi. Messi birinchi bo`lim o`rtalarida o`yinni davom ettira olmagach, almashtirilgandi.
Bugun hujumchi shifokorlar ko`rigidan o`tdi va undagi jarohat kutilganidan ham jiddiyroq bo`lib chiqdi.
Biroz oldinroq Messi Argentina termasiga Ekvador bilan uchrashuvda aniq yordam bera olmasligi xabar berilgandi. Endi bo`lsa, u 6 haftadan 8 haftagacha katta futboldan chetda bo`lishi ma`lum bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar