1

​AVTOMOBILI BORLARGA BOLA PULI BERILMAYDIMI?

Savol-javob 08.08.2017, 15:41
​AVTOMOBILI  BORLARGA BOLA PULI BERILMAYDIMI?

"Onamning hovlisida oilam bilan yashaymiz. Turmush o`rtog`im Rossiyada ishlab topgan puliga “Matiz” avtomobilini sotib olgan. Shu bilan kira qiladi. Topgan puliga “qora” qozonimiz qaynaydi. Men ishlamayman. “Mahalla” fuqarolar yig`inidan farzandim uchun 2 yoshgacha beriladigan bola puli berishlarini so`rasam, engil avtomobili borlarga bola puli berilmaydi, deyishyapti. Haqiqatdan shundaymi? Axir uy-joyimiz yo`q, uch nafar farzandimiz bor-ku.


Ra`no Jo`raboeva, Farg`ona viloyati, Qo`qon shahri.

Aybek GANIBOEV, O`zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi huquqshunosi:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan "Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 8-bandida "14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa va kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam har bir oila a`zosiga o`rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish xaqining 1,5 baravardan ortiq bo`lmagan oilalarga tayinlanishi", 22-bandida "O`rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oila a`zolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi:

  • mehnatga haq to`lash shaklidagi daromadlar;
  • mulkiy daromadlar;
  • yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi;
  • chet elda ishlaydigan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila a`zolaridan pul tushumlari summasi;
  • pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar (ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oila olayotgan nafaqa yoki moddiy yordamdan tashqari);
  • shaxsiy yordamchi (dehqon) xo`jaligini yuritishdan olingan daromad;

O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar" belgilangan.

Ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo`lmagan oilalarga bola ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa fuqarolar yig`ini tomonidan vakolat berilgan Komissiyaning qaroriga asosan tayinlanadi va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan to`lanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1