1

Zamonaviy pardoz vositalari nimasi bilan zararli?

Salomatlik 12.11.2013, 10:52
Zamonaviy pardoz vositalari nimasi bilan zararli?
Yuz yil oldin ayollar orasida qo`rg`oshinli oqartiruvchi vositalar juda ommabop  bo`lib, go`zallik uchun ular o`zlarini og`ir metall bilan zaharlagan. 

Bugungi ishlab chiqaruvchilar go`zallik vositalarini ishlab chiqarishda toksik moddalardan foydalanmaydi, biroq ular xavfsizmikin? Hozirgi kosmetik vositalarga o`tmishdan qaysi zararli komponentlar o`tgan? Umuman, bugungi kosmetika zararlimi?
Har yili jahon farmasevtika bozorida 100 dan ziyod yangi kimyoviy moddalar paydo bo`ladi, ularning ko`pchiligi kosmetologiyada ishlatiladi va, shu tarzda,  odamlarning o`zida sinaladi. Xo`sh, kremlar va shampunlarimiz tarkibida nimalar bor, yangi mahsulotni xarid qilayotganda nimalarga e`tibor qaratish zarur?
Kosmetik vosita tarkibiga kiruvchi barcha moddalarni uchta guruhga ajratish mumkin:
Foydali moddalar. Ushbu guruhga bor-yo`g`i uchta modda kiradi: gialuron kislotasi, elastin va kollagen. Bunda ham ular muayyan qo`llanish sharoitlaridagina foydali hisoblanadi.
Foydasi yo`q moddalar. Ular teri va organizmga hech qanday ta`sir ko`rsatmaydi.Zararli. Bular toksik moddalar bo`lib, odamda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Pardoz vositalaridagi eng zararli komponentlar
Mineral yog`lar — neft-kimyo chiqindilari hisoblanadi, ular husnbuzarlarni hosil qiladi va allergiyaga sababchi bo`ladi, bundan tashqari, teridagi regenerasiya jarayonlarini sekinlashtiradi. Organizmda to`planib qolganida, artrit, migren, diabet, epilepsiya kabi kasalliklarni rivojlantirishi mumkin.
Parafin — mineral yog`lardan ham zaharliroq neft-kimyo mahsuloti hisoblanadi.Gliserin, reklamaga qaramasdan terini namlantirmaydi, aksincha, uni quritadi.Propilen glikol — neftni qayta ishlash mahsuloti hisoblanadi, asosan mashinasozlikda tormoz suyuqligi va antifriz sifatida qo`llaniladi. Bu juda kuchli allergen bo`lib, u giperkeratoz va husnbuzarlarni paydo qiladi, organizmda to`planganida esa jigar va buyrak toksik zaharlanishga uchraydi.
Natriy sulfati yoki lauril sulfat. Kokosdan olinsa ham toksik modda hisoblanadi. U yurak, miya, buyrak, jigarga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Sochlarning ingichkalashishi va to`kilishini keltirib chiqaradi, allergik dermatit, kon`yunktivit va, hatto, kataraktaga olib keladi.
Parabenlar teri fermentlarini buzadi va organizmda to`lanib qoluvchi hamda gormonal muvozanatni buzuvchi kseno-estrogenlar sifatida ta`sir qiladi. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, parabenlar ko`krak bezi saratoni rivojlanishiga turtki bo`ladi.
 Ftalatlar kanserogen moddalar hisoblanadi, ularni bolalar so`rg`ichi va o`yinchoqlarida qo`llash taqiqlangan, biroq kosmetika sanoatida hozir ham foydalanilmoqda.
Trietanolamin va dietanolamin (TEA va DEA) — bu sof ko`rinishdagi kanserogenlardir. Ular 15 yildan buyon ma`lum, ammo, shunga qaramasdan, bu moddalar kosmetika vositalarini ishlab chiqarishda hamon qo`llanmoqda.
PEG — saraton xastaligini keltirib chiqaruvchi neftni qayta ishlash mahsuloti.Shunday ekan, aziz ayollar, kosmetika vositalarini xarid qilishdan oldin ularning tarkibini diqqat bilan o`rganib chiqing.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1