Biz
ayollarga muhabbatning o`zi kifoya emas, isboti ham kerak. Har kuni sevishini
isbotlasin, namoyon etsin deymiz. Lekin gullar, shirinliklar, chiroyli so`zlaru
va`dalar har doim ham jiddiy tuyg`ularning isboti bo`la olmasligini-da bilamiz.
Xo`sh, yorimiz bizni chindan sevadimi? Qanchalik sevadi? Buni bilish uchun quyidagi
savollarga javob berib, natijalarni hisoblang.
a) qimmatbaho sovg`alar
beradi (3)
b) tez-tez
restoranlarga taklif qiladi (2)
v) gullar sovg`a qiladi
(5)
g) mening hamma harajatlarimni
ko`taradi (1)
2. U biron joyga birga borishni taklif qildi. Siz esa
kayfiyatingiz yo`qligini aytib rad etdingiz. Shunda u...
a) sizni
ko`ndirishga uzoq urinadi (2)
b) xafa bo`ladi
(5)
v) kayfiyatingizni
ko`tarishga harakat qiladi (2)
g) rad javobingizni
xotirjam qabul qiladi (1)
3. Yoringiz siz uchun o`z xobbisidan voz kechishi mumkinmi?
a) u allaqachon
shunday qilgan (1)
b) murosa
variantini topishga harakat qiladi (4)
v) uzog`i bilan
bir-ikki marta sizga yon bosishi mumkin
(2)
g) yo`q, xobbisi
uning uchun juda qadrli (1)
4. Siz uning avvalgi muhabbatlari haqida...
a) hamma narsani
bilasiz (4)
b) taxminan
bilasiz (2)
v) hech nimani
bilmaysiz (3)
g) yoringiz
ulardan qochib yurganini bilasiz (0)
5. U siz bilan dam olish uchun biror joyga borishni muhokama qiladimi?
a) ha, qaerga
borishni birga hal qilamiz (7)
b) qaerda dam
olishni siz hal qilasiz, u doim rozi bo`ladi (5)
v) dam olish
joylari ko`p bo`lganidan o`zining ham boshi achib ketadi (3)
g) hech qachon ta`tilni
birgalikda o`tkazmaysiz (1)
6. Gaplashib o`tirganingizda birdan telefoni jiringlab qoldi.
Shunda u...
a) sizning
oldingizda telefonda bemalol gaplashadi (5)
b) telefonga qaramay
chaqiruvni rad etish tugmasini bosadi (4)
v) darrov chetroqqa
o`tib gaplashishni boshlaydi (1)
g) sizning yoningizda
hech kim unga qo`ng`iroq qilmaydi (0)
7. U sizni qaysi obrazda ko`rishni yoqtiradi?
a) qulay uychi
kiyimda (7)
b) sport kiyimida
(4)
v) kechki hashamatli
libosda (2)
g) kundalik ish
kiyimida (3)
8. Gaplashishga gap qolmaganda u...
a) shunchaki sizga
tikilib o`tiradi (7)
b) hazillashishni
va latifalar aytishni boshlaydi (5)
v) sizni nima
bilan xafa qilganini so`ray boshlaydi (3)
g) televizorga
tikilib o`tiraveradi (0)
9. Qo`sha qarish deganda nimani tasavvur qilasiz?
a) muhabbatingiz hozirgidek
bo`ladi (5)
b) bir-biringizga
qattiq bog`lanib qolishingizni (1)
v) yoringiz sizni hozirgidan
ham qattiqroq sevadi (7)
g) qariganda qanday
yashashimizni hozir tasavvur qila olmayman (0)
Endi ballarni jamlab, natijalar bilan tanishing.
Natijalar
U SIZNI SEVADI!
54 dan 40 ballgacha. Uning sizga bo`lgan sevgisi shu
qadar kuchliki, hayotini sizsiz tasavvur qila olmaydi. Yotsa ham, tursa ham
xayolida siz. Sizning kayfiyatingiz – bu uning kayfiyati. Kulsangiz, u ham
xursand, yig`lasangiz, o`zini qo`ygani joy topa olmaydi. U sizni eru ko`kka
ishonmaydi. Balki Farhod Shirinni shunday sevgandir, balki Tohir Zuhroni. Xullas,
ertaklarda aytilgan, dostonlarda kuylangan muhabbat yoringizning qalbida sizga
nisbatan mavjud. Bu bir tomondan u insonning ulkan qalbi borligidan, shu
darajada va shunday go`zal seva olishidan dalolat bersa, boshqa tomondan sizning ham
ma`lum fazilatlarga ega ekaningizni ko`rsatadi. Bu baxtga hamma ham
erishavermaydi. Ammo uning yuragidagi bu tuyg`uni bir umrga saqlab qolish uchun nima
qilish kerak? Yoringizni sizdagi qaysi fazilatlar maftun etganini yaxshi bilsangiz
kerak. Ana shu xususiyatlaringizni hech qachon yo`qotmang, aksincha, rivojlantirib
boring. Asosiysi, samimiy bo`ling. Chin seva olgan inson soxtalikni yoqtirmaydi.
Sizga hasadi kelayotgan dugonalaringizning mish-mishu g`iybatlariga ishonmang. Uni
muhabbati chinligini isbotlashga hadeb majbur qilmang. Bu tuyg`udan bezib qolmasin.
Xullas, baxtli bo`ling.
TUYG`ULARINGIZ IMTIHONDA
39 dan 29 ballgacha. Munosabatlaringizda muhabbat,
mehrdan ko`ra ehtirosning o`rni balandroq. Ishq boshqa, havas boshqa deyishadi.
Sizlarniki hozircha bog`liqlik, o`rganish va ehtirosdir. Rashk ham bu o`rinda katta
o`rin tutadi. Yoringiz sizni qattiq rashk qilsa kerak. Ammo bu hali to`kis muhabbat
degani emas. Tuyg`ularingiz ko`p chig`iriqlardan o`tishi, toblanishi, chiniqishi kerak.
Balki u sizga o`zi istab emas, ota-onasining taklifi bilan uylangandir. Balki
bir-ikki ko`rib yoqtirib qolgan-u, taqdir yo`llarini bog`lagan. Yoki uylanish payti
kelgani sababli oila qurgan. Xullas, ko`ngillarga muhabbat urug`i ekilgani rost.
Lekin bu niholni parvarishlab voyaga etkazish va ulkan daraxtga aylantirish o`z qo`lingizda.
Yoringiz bilan ko`proq suhbatlashishga, uni tushunishga, qiyin daqiqalarda esa qo`llab-quvvatlashga
harakat qiling. Unga ishoning, nafaqat uning sadoqatli yor ekaniga, balki
kelajagi porloq, qo`lidan hamma ish keladigan inson ekaniga ham ishoning. Erkaklar
ularga ishongan ayollarga ipsiz bog`lanib qoladilar. Siz undagi o`ziga bo`lgan
ishonchni o`stiruvchi manba bo`ling. Shunda uning tuyg`ulari yanada teranlashadi, sizga
nisbatan muhabbati ortadi.
SIZDA KO`NGLI BORU AMMO...
28 dan 15 ballgacha. Yoringiz bir tomondan sizni qattiq
sevib qolishdan qo`rqsa, boshqa tomondan sizni yo`qotishni ham istamaydi. Uning qalbida
o`ziga yarasha o`rningiz borligi, shubhasiz. Ammo bu o`rinning chuqurlashib borishidan u
xavotirda. Balki birovni sevib o`rganmagandir, balki kimnidir qattiq sevib
kuygandir. Xullas, uning sizdan emas, muhabbat degan tuyg`udan xavfi bor. Siz
borini boricha qabul qiling. Albatta, tug`ularini qizg`anayotgan yoringizni shu holiga
tashlab qo`ying demaymiz. Munosabatlar ustida, agar ularda bittagina yorug` nuqta
bo`lsa ham, ishlash kerak. Undan hozircha o`zida yo`q narsani talab qilmang, o`zi qodir
bo`lmagan tuyg`uni tuymaydi baribir. Yaxshisi, o`z ustingizda ishlang. Bo`lar-bo`lmasga
bo`yniga osilib, sevasizmi deb so`rayvermang. Orastalik, go`zallik, tadbirlilik va
farosat doim qadrda bo`lgan. U sizda shu xususiyatlarni ko`rsa, mehri ortadi. Qo`lingizdan
kelsa, unga do`st bo`ling, eplolmasangiz yo istamasangiz, hech bo`lmasa begonaga
aylanib qolmaslikka harakat qiling. Unutmang, u xotirjamlik va iliqlik istab
sizga talpinadi, sizni shu sababli yo`qotishdan qo`rqadi. Sizdagi shu iliqlik uning qalbidagi
tuyg`ularini ulkan muhabbatga aylantirsa, ne ajab.
6 dan 14 ballgacha. Yoringizning tuyg`ulari ancha
susayib, muhabbat olovi tafti pasaygan. Buning sabablarini o`zingiz yaxshi
bilsangiz kerak. Balki maishiy muammolar, balki munosabatlardagi taranglik va
yoki boshqa sabablar... Nima bo`lganda ham endi siz munosabatlaringizni saqlab qolishga
jiddiy kirishishingiz kerak. Muhabbat har narsaga qodir deyishadi. Ammo ba`zida
bir-birini qattiq sevgan insonlar ham birga yashay olishmaydi. Sizlarda esa muhabbatning
o`zi yordamga muhtoj. Yoringizga ko`proq e`tibor bering, o`zingizga ham. Sizdan nima
xato o`tgan bo`lsa, tuzating. Undan o`tganlarini esa kechiring. Albatta, bu inson
sizga kerak va qadrli bo`lsa.
ShAHINA tayyorladi