20.11.2013 18:10
Olimlar erkaklarga katta burun nega kerakligini aniqladi
Ularning fikricha, erkaklar burnining o`lchami kislorodga bo`lgan kattaroq ehtiyoj bilan bevosita bog`liq. Olimlar ushbu bog`liqlik erkaklardagi mushak massasi bilan shartlanganini qayd etadi. U ayollarnikidan anchagina ko`p bo`lib, ko`proq quvvat va kislorodni talab qiladi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar burun o`sishi va balog`atga etishni ham o`zaro bog`lamoqda: o`g`il bolalarda 11 yoshda mushak massasi va burun o`sishi tezlashadi, qizlarda esa ushbu jarayon kuzatilmaydi.





