AsosiyJamiyat

Prezident Islom Karimov Vladimir Putinga ta`ziya bildirdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Qozon shahri aeroportida yo`lovchi samolyot halokatga uchrab, ko`plab insonlar qurbon bo`lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Eslatib o`tamiz, 17 noyabr kuni kechqurun “Tatarstan” aviakompaniyasiga tegishli «Boing-737» rusumli samolyot Qozon aeroportiga qo`nish chog`ida halokatga uchradi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, bu samolyot bortida 50 kishi bo`lgan. Yo`lovchilar orasida Tatariston prezidentining o`g`li Irek Minnixanov ham bo`lgani qayd etiladi.

    Boshqa yangiliklar