AsosiyDunyo

Shahzoda Garri Antarktidada 335 km masofani bosib o`tadi

Shahzoda Garri Antraktidaga uchib ketdi, u erda shahzoda Janubiy qutbga qilinadigan safarga tayyorgarlik ko`radi. Kuni kecha u Keyptaunga jo`nab ketish uchun Londondagi uyini tark etgandi. 

U erdan Elizavet II ning nevarasi Rossiyaning Antarktidadagi "Novolazarevskaya" stansiyasiga yo`l oladi. Britaniya taxti vorisining sarguzashtlari aynan o`sha erda boshlanadi: u safarga qurolli nizolar paytida jarohatlangan sobiq harbiylar bilan birga jo`naydi. Safargacha qolgan vaqt ichida ekspedisiya ishtirokchilari iqlimga moslashuv jarayonidan o`tishi va qutb ayozlariga ko`nikishi kerak. 
Janubiy qutbgacha bo`lgan 335 kilometrlik safar 29 noyabrda boshlanib, 16 dekabrda yakunlanishi lozim. Biroq Antarktidaning oldindan aytib bo`lmaydigan ob-havosi tufayli jadvalga o`zgarishlar kiritilishi mumkin. Shahzoda Garri harbiy harakatlarning 12 nafar faxriysi bilan birga ekstremal, ya`ni minus 35° haroratda va shamol tezligi soatiga 80 km ni tashkil etadigan sharoitlarda sayohat qilishiga to`g`ri keladi
Eslatib o`tamiz, 29 yoshli shahzoda harbiy vertolyot uchuvchisi hisoblanadi. U anchadan buyon ushbu sayohatga tayyorgarlik ko`rmoqda. Shahzoda ikki oy oldin mashqlar doirasida bir sutka muzlatish kamerasida ham o`tirib chiqqan edi. Bu erda u Antraktidada kiyadigan kiyimlarni sinovdan o`tkazdi. Hatto oyog`ining sinishi ham shahzodaning uzoq safarga otlanish qaroriga ta`sir ko`rsatgani yo`q.   

    Boshqa yangiliklar