O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 saralash bosqichidagi guruhdoshi Qatar termasi so`nggi ikki o`yin oldidan ikkita nazorat uchrashuvini o`tkazdi.
Londonda o`tkazilgan o`quv-mashg`ulotlar yig`ini davomida Qatar termasi 17 avgust kuni Andorraga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida zafar quchdi. Kecha, 23 avgust kuni qatarliklar o`z maydonida Turkmaniston bilan o`ynadi va 2:1 hisobida g`alaba qozondi.
Eslatib o`tamiz, Qatar terma jamoasi 31 avgust kuni safarda Suriya bilan to`qnash kelsa, 5 sentyabr kuni o`z maydonida Xitoyni qabul qiladi.